436
– VR)
qo‘shimcha darajasi mavjud. ERT–VR darajasi UGS va
RT-VR xizmatlarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Uning vazifa-
si kafolatlangan uzatish tezliklari va kechikish
vaqti qiymatlarini
talab qiladigan, lekin o‘zgaruvchan tezlik bilan xarakterlanadigan
yuqori ilg‘or ilovalar hisoblanadi (masalan, IP telefoniya);
•
real bo‘lmagan vaqt ko‘lamida servisni taqdim etish
(ingl.
Non Real-Time Variable-Rate)
minimal uzatish tezliklarini talab
qiladigan va o‘zgaruvchan o‘lchamlarni paketlarga ega bo‘lgan,
vaqt kechiktirishlariga kritik bo‘lmagan ma’lumotlarni
uzatish
uchun foydalaniladi (masalan, FTP fayllari);
•
“Imkoniyat bo‘yicha” servis
(ingl. Best Effort, BE)
kafolat-
langan uzatish kanallarini talab qilmaydigan va ularni bo‘sh slot-
lar paydo bo‘lishi bo‘yicha uzatish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar
oqimini uzatish uchun mo‘ljallangan.
IEEE 802.16 standarti “mobil” versiyasining paydo bo‘lishi
WiMAX tarmoqlarida o‘z talablarini va QoS xizmat ko‘rsatish
sifatiga talablarni aniqlashtirdi. Radioruxsat etish tarmog‘i yuqori
o‘tkazish
qobiliyati, asimmetrik “pastga”/”yuqoriga” trafik xiz-
mat ko‘rsatish imkoniyati, kanallarni kasrlashtirilgan
tuzilmasi va
kanal resurslarini taqsimlashning ixcham mexanizmi turli ilovali
va servisli “mobil WiMAX”ning samarali ishlashini ta’minlaydi.
IEEE 802.16e standartida QoS xizmat ko‘rsatish sifati MAS
darajadagi servis oqimlari hisobiga ham ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: