446
Skanerlashda assotsiatsiyalash jarayoni bo‘lishi mumkin. Bu
opsional funksiya bo‘lib AUga TS so‘raydigan QoS fizik para-
metrlarini va xossalarini olish va saqlashga imkon beradi. Standart
uchta assotsiatsiyalash turlarini aniqlaydi:
0 daraja bu oddiy (koordinatsiyalanmagan) ishlov berish. AU
skanerlash intervallari vaqtida TS ularga o‘zining xabari bilan
javob beradigan maxsus test xabarlarini qo‘shni
TSlarga yuborish
bilan ishlov berish jarayonini bajaradi. Bunda AU kanaldagi sig-
nal/shovqin nisbatini qabul qilingan signalning quvvatini, javobni
ushlanish vaqtini va boshqalarni aniqlaydi. Tayanch stansiyalarga
so‘rov raqobat asosida berilgan so‘rov intervallarida beradi.
1-daraja bu xizmat qiladigan TS skanerlashda qatnashishi
ko‘zda tutiladigan koordinatsiyalangan assotsiatsiyalash.
Ham AU
dan so‘rov bo‘yicha, ham TSning o‘zi tayinlangan AUda ishla-
tilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatadigan TS qo‘shni TSlardan ular
uchun qulay vaqtni ishlov berishga so‘raydi. Qo‘shni TSlar javo-
ban xizmat ko‘rsatadigan TSga ishlov berishga so‘rov va so‘rovni
uzatish sharti uchun ulkan CDMA-kodni uzatadi. Bu shartlar va
CDMA-kodlarni xizmat ko‘rsatadigan
TS AUga xabar qiladi va
buning o‘zi berilgan vaqtda qo‘shni TSlar bilan aloqa qiladi.
2-daraja bu tarmoq bo‘yicha bildirishli assotsiatsiyalash bo‘lib,
u koordinatsiyalangan assotsiatsiyalashga o‘xshash, lekin ishlov
berishda AUga faqat CDMA-kodni uzatish yetarliligi va qo‘shni
TSlardan javobni kutishning kerak emasligi bilan farq qiladi. Bar-
cha qo‘shni TSlar so‘rovni olib xizmat ko‘rsatadigan TS AUsidan
aloqa kanalining fizik parametrlari haqidagi axborotlarni uzatadi,
xizmat ko‘rsatadigan TS bu axborotlarni to‘playdi va AUga bitta
xabarda uzatadi.
Skanerlash va assotsiatsiyalash jarayonlari bevosita “xendover”ga
olib keladi va qo‘shni TS lar ro‘yxatini
shakllantirishga va navbat-
dagi ulanish uchun ulardan birini tanlashga imkon beradi. “Xendo-
ver” jarayonining o‘zi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
•
bevosita skanerlash va assotsiatsiyalash asosida yacheykani
tanlash;