Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   289
Raqamli mobil aloqa

lash
802.16-
2004 
stan-
darti
802.16a
stan darti
Turg‘un 
ulanish
Tashqarida 
va ichkarida 
joylashgan 
“xotspot”lar
Yakka uskuna/ 
turg‘un abonent
Yo‘q
Ha
Ha
Ko‘ch-
ma 
ulanish
Ichkarida 
joylashgan 
“xotspot”lar, 
portativ SHK 
lar uchun PC-
MCIA-adap-
terlar
Ko‘p sonli 
uskunalar/abonent 
turg‘un
Yo‘q
Ha
Ha
Portativ
ulanish
Portativ SHK 
lar uchun PC-
MCIA-adap-
terlar, kichik 
adapterlar
Ko‘p sonli 
uskunalar/piyoda 
tezligi
Dag‘al 
“xendo-
ver”
Yo‘q
Ha


456
Asosan 
mobil 
ulanish
Portativ SHK 
lar uchun PC-
MCIA-adap-
terlar, kichik 
adapterlar, 
cho‘ntak 
kompyuterlari, 
smartfonlar
Ko‘p sonli 
uskunalar/kichik 
tezlikda harakat-
lanuvchi transport 
vositasi
Dag‘al 
“xendo-
ver”
Yo‘q
Ha
To‘liq 
mobil 
ulanish
Portativ SHK 
lar uchun PC-
MCIA-adap-
terlar, kichik 
adapterlar, 
cho‘ntak 
kompyuterlari, 
smartfonlar
Ko‘p sonli 
uskunalar/katta 
tezlikda harakat-
lanuvchi transport 
vositasi
Yum-
shoq 
“xendo-
ver”
Yo‘q
Ha
WiMAX texnologiyasi haqida umumiy tushunchalar
Hozirgi kunda keng polosali simsiz aloqa tizimlari inson 
hayoti faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda va 
butun dunyoda: rivojlangan davlatlarda ham, rivojlanayotgan 
davlatlarda ham insonlarning yashash sifatini oshirishga 
xizmat qilmoqda. Ushbu tizimlar yordamida turli xil 
vazifalarni yechish mumkin: multimedia, interaktiv va 
personal kontentlarga tezkor va qulay ulanish, an’anaviy nutq 
aloqasini ta’minlash yoki mahalliy va global jamoalar doirasida 
axborot almashinuvini amalga oshirish mumkin. IEEE 802.16 
(ko‘proq, WiMAX sifatida ma’lum bo‘lgan) standartlar oilasi 
deb nomlangan keng polosali simsiz aloqa tizimlari IMS 
(yangi avlod IP ga asoslangan multimediya nimtizimlari) 
asosida keng polosali tarmoqlar uchun yaratilgan xizmatlar 
hamda tezkor Internet kanallarini tashkil etish vositalari bilan 
birgalikda foydalanuvchilarga (xususan Internetdan) keng 
polosali simsiz ulanishning prinsipial yangi imkoniyatlarini 
taklif etadi. 


457
IEEE 802.16 standartini paydo bo‘lgunicha Internetga ulanish 
ancha turg‘un bo‘lgan, ya’ni foydalanuvchi ish joyidagi kompyuterga 
yoki juda bo‘lmaganda Wi-Fi ulanish nuqtasi doirasidagi noutbukka 
bog‘liq bo‘lgan. WiMAX tizimlari keng polosali tarmoqlarga va 
Internetga ulanishni yanada mobil, yanada ommabop va yanada 
keng tarqalgan qilmoqda. Buni uchun turg‘un, ko‘chma va mobil 
abonentlarga xizmat ko‘rsatadigan keng polosali simsiz tarmoqlar 
yaratilmoqda. Shunday qilib, Internet va uning barcha ilovalariga, 
ya’ni axborotlar, xizmatlar va aloqaga har doim va hamma yerda 
ulanish muhiti shakllantirilmoqda. Bunda WiMAX tizimlariga 
katta mas’uliyat ajratilmoqda. 
IEEE 802.16 standartlarining ilk versiyalarida 10GGs dan 
66GGs gacha bo‘lgan yuqori chastotali diapazonlarda to‘g‘ri 
ko‘rinish hududida (
ingl. Line of Sight, LOS
) ishlaydigan tizimlar 
tavsiflangan. Keyinchalik 2GGs dan 11GGs gacha diapazonlarda 
to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmagan hududlarda ham (
ingl. None Line 
of Sight, NLOS
) ishlaydigan tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydigan 
standartlar qo‘shimchalarini ishlab chiqishga urg‘u berilgan. 
IEEE 802.16-2004 (shuningdek IEEE 802.16d yoki qisqartirib 
“16d”) nomi bilan ma’lum bo‘lgan standartni yaratishda standartning 
avvalgi versiyalaridagi barcha ishlanmalardan foydalanilgan. Bu 
tadbirlar binolar ichida radioqamrovni yaxshilashga imkon berdi 
va, o‘z navbatida, stol ustida ishlatiladgan abonent uskunalarini 
yaratishga imkon berdi. 
2005-yilning dekabrida IEEE 802.16e (
“mobil WiMAX” yoki 
“16e versiyasi”, ba’zi hollarda “IEEE 802.16-2005”
) sifatida 
ma’lum bo‘lgan standart ustida ishlar yakunlandi va hozirgi 
kunda u IEEE 802.16 standartlar oilasida eng dolzarb standart 
bo‘lib qoldi. Hozirda telekommunikatsiyalar bozorida yuqorida 
ko‘rsatilgan WiMAX standartlarining asosan ikkitasi, ya’ni faqat 
turg‘un terminallar bilan ishlaydigan IEEE 802.16d standarti va 
turg‘un, ko‘chma va mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnata oladigan 
IEEE 802.16e standarti namoyon etilgan. 


458
WiMAX tizimining Wireless MAN simsiz tarmoqlar tizimiga 
kiradi. WiMAX atamasi inglizcha “
Worldwide Interoperability 
for Microwave Access
” nomini qisqartirishdan kelib chiqadi, 
bu so‘zma-so‘z tarjima qilganda “Mikroto‘lqinli radioaloqa 
(O‘YUCH) asosidagi tarmoqlarga ulanish uchun butun dunyo 
o‘zaro ta’sirlashish”ini bildiradi. 
Mazkur texnologiya har xil turdagi uskunalar uchun 
(avtomatlashtirilgan ishchi stansiyalari va portativ 
kompyuterlardan tortib mobil telefonlargacha) katta masofalarga 
yuqori tezlikli simsiz universal aloqani taqdim etish maqsadida 
ishlab chiqilgan. WiMAX atamasi IEEE 802.16 standartlar 
atamasini ommalashtirish maqsadida 2001-yil iyunida asos 
solingan sohaviy forum (
WiMAX Forum
) tomonidan taklif 
etilgan. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin