463
o‘tkazilgan WSISning birinchi Sammitida “Raqamli tengsizlik”
deb axborot va kommunikatsion texnologiyalarga
tengsiz ulanish
imkoniyatlari nazarda tutildi. AKT ga tengsiz ulanish deganda,
birinchi navbatda davlatlar orasidagi farq (xalqaro raqamli
tengsizlik), masalan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
yoki hududlar orasidagi farq tushuniladi. Shuningdek tengsiz
ulanish davlatlar miqyosidagi (milliy raqamli tengsizlik)
jarayon
sifatida ham aniqlanadi. Bunda qishloq va shahar orasidagi,
oliy ma’lumotli hamda kam ma’lumotlilar orasidagi, aholining
kambag‘al va boy qatlamlari orasidagi farq tushuniladi [40].
Provayderlar va Internetdan foydalanuvchilar soni yoki turg‘un
va mobil telefonlar soni kabi oldindan
aniqlangan mezonlar
asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, shuningdek, rivojlangan
va rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi yillarda bo‘layotgan
o‘zgarishlarning tahlili asosida bu
masalaning hozirgi ahvoliga
turlicha baholar berildi.
Bir tarafdan, ham davlatlararo, ham davlatlar miqyosidagi
“Raqamli tengsizlik” o‘sib
bormoqda, degan fikrlar bo‘lsa,
boshqa tarafdan, aksincha boy va kambag‘al davlatlar orasida
“Raqamli tengsizlik” qisqarmoqda, degan fikrlar bo‘ldi.
Turli xalqaro tashkilotlar (HTI yoki Jahon banki guruhi)
e’lon qilgan rasmiy hisob-kitoblarga murojaat qilinsa ma’lum
bo‘ladiki, rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlar orasida AKT
ga ulanishdagi tengsizlik mavjud va hali ham jiddiy muammo
bo‘lib turibdi.
O‘zicha asosli bo‘lgan bunday qarama-qarshi fikrlarning
mavjudligiga qaramasdan, ulanish imkoni borligi va uning sifati,
ya’ni aloqa infratuzilmasining yaratilishi
har xil davlatlarda
AKT ni tezkor va ishonchli rivojlanishiga asosiy omillar deb
hisoblanadi. 2005-yilda HTI “Raqamli tengsizlik”ni qisqartirish
uchun hamkorlikni rivojlantirish maqsadida WSIS doirasida global
darajada ko‘plab tashkilotlar tomonidan birgalikda o‘tkaziladigan
“Olamni ulaylik” (
ingl. Connect the World
) deb nomlangan
tashabbusni boshladi.