477
Wi-Fi va simsiz telefoniyada foydalaniladigan “litsenziyalanmagan”
2,4GGs va 5,8GGs polosani o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy IEEE
802.16 standartlari 2GGs va 6GGs orasidagi butun chastotalar di-
apazonini qo‘llab-quvvatlasada, WiMAX forumi 2,5GGs, 3,5GGs
va 5,8GGs polasalarda sertifikatlarni olishga yo‘naldi. Qurilgan Wi-
MAX tarmoqlarining asosiy ulushi 3,5GGs diapazonga to‘g‘ri keladi,
bu yerda butun dunyoda o‘rnatilgan uskunalarning 40 foiziga to‘g‘ri
keldi, keyin 5GGs; 5,2GGs; 5,4GGs; 5,6GGs; 5,8GGs diapazonlar
keladi. KSU jahon bozorining 85 foizi atrofidani operator tarmoqlari
tashkil etadi, qolgan qism esa xususiy korporativ tarmoqlarga to‘g‘ri
keladi [51].
Lekin, bunda WiMAX tizimlari uchun alohida radiochasto-
talar polosasi ajratilmadi. WiMAX uchun 2,5GGs yoki 3,5GGs
chastotalar diapazonidagi “biriktirilgan”
spektr haqida gapiril-
ganda ham bu diapazonlarda chastotalar polosasining turliliga ega
bo‘linadi. Masalan, AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining bir
necha davlatlarida KSU tizimlari uchun spektr 2,3GGs polosa-
larda va 2,5GGS hamda 2,7GGs orasidagi diapazonda ruxsat eti-
ladi, u holda Wi-Fi tizimlari va simsiz telefonlar uchun 2,4GGs
polosa ishlatilayotgani bois, unga ruxsat etilmaydi. Chastotalarni
taqsimlashda 3,5GGs polosada va 3,3GGs va 3,8GGs
orasidagi
diapazonda murakkab vaziyat vujudga keldi.
Bosh muammo shundaki, ko‘zda tutilgan polosalar turli tarqa-
lish xarakteristikali turli diapazonlar qismlaridan, uzatkichlar
quvvatlariga talablar va uskunalarni ishlatilishi imkoniyatlaridan
iborat. Vaziyat
yanada murakkablashadiki, keng polosali simsiz
ulanishga taqsimlangan spektr hatto alohida olingan kontinent-
larda ham deyarli garmonlashtirilmagan. Lekin, hatto prinsipial
umumiy spektr texnik ajratilishi mumkin bo‘lgan joylarda ham
siyosiy reja muammosi vujudga keladi,
chunki turli davlatlarda
radiochastota spektrini ishlatish bo‘yicha turli talablar amal qiladi.
Natijada, xalqaro va milliy spektrdan foydalanish qoidalari labi-
rintida WiMAX tizimlarini rivojlantirish uchun yo‘llarni qo‘yish
oson bo‘lmaydi va katta kuchlarni talab qiladi.