47
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan Internetga ulanish hamda videoalo-
qa
xizmatlaridan tashqari, 3G abonentlari korporativ tarmoqlarga
masofadan turib ulanishlari ham mumkin. Va bu bilan mobil alo-
qaning uchinchi avlodi ofisda ishlashning an’anaviy
tarzini tub-
dan o‘zgartiradi.
UMTS va GSM tarmoqlarining o‘zaro ishlashi
UMTS va GSM tizimlari radiointerfeys sathida turli xil
mexanizmlardan
foydalanadi, shuning uchun ushbu sathda ik-
kala tarmoqlar moslasha olmaydilar. Lekin hozirgi paytda ik-
kala standartda ishlay oladigan
UMTS abonent uskunalari va
modullari Yevropa, AQSH, Shimoliy Afrika va Osiyoning ko‘p
hududlarida keng tarqalgan. Bunda, agar UMTS tizimining abo-
nenti UMTS xizmat doirasidan chetga chiqsa,
uning termina-
li avtomatik ravishda GSM formatida qabul qilish va uzatish
holatiga o‘tadi (hatto tarmoq turli operatorlarga tegishli bo‘lsa
ham). Lekin GSM standartining mobil terminallari UMTS tar-
moqlarida ishlay olmaydi. GSM standartida xizmat ko‘rsatayot-
gan aloqa operatorlari uchun UMTS standartiga o‘tish
texnik
nuqtayi nazaridan oddiy bo‘lsada, tarmoqni tashkil etish nuqtayi
nazaridan ancha xarajatli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: