Raqamli mobil aloqa


-bob. AES SHIFRLASH ALGORITMI



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   289
Raqamli mobil aloqa

36-bob. AES SHIFRLASH ALGORITMI
36.1. AES shifrlash algoritmi
AES 
(ingl. Advanced Encryption Standard)
— 128 bit o‘lchamli 
bloklar va 128/192/256 bit uzunlikdagi kalitlardan foydalanadi-
gan, shuningdek, Reyndal (Rijndael) algoritmi sifatida ma’lum 
bo‘lgan blokli shifrlashning simmetrik algoritmi. AES algoritmi 
yaxshi testlangan va hozirgi vaqtda simmetrik shifrlashning eng 
keng tarqalgan algoritmlaridan biri hisoblanadi. Misol uchun, 
algoritm AQSH hukumati tomonidan shifrlash standarti sifatida 
qabul qilingan va Intel kompaniyasi tomonidan Intel® Core™ 
protsessorlar oilasiga kiritilgan.
802.16e standarti quyidagi to‘rtta usullardan biri qo‘llaniladigan 
AES algoritmidan foydalanishni aniqlaydi:

shifrlar blokining ulanish usuli – CBC; 

hisoblagichning shifrlash usuli 
(ingl. Counter Encryption, CTR);

CCM 
(ingl.Counter Encryption with Cipher Block Chaining 
message authentication code)
shifrlar blokining ulanish usuli orqali 
olingan autentifikatsiya kodi bilan hisoblagichning shifrlash usu-
li. CTR usulidan farqli ravishda bu yerda shifrlangan xabarning 
haqiqiyligini tekshirish imkoniyati mavjud.
• TShK trafikning kalitlarini shifrlash uchun foydalaniladigan 
ECB elektron kodli kitob usuli.
Takomillashtirilganroq sifatida SSM usuli qo‘llaniladigan AES 
rejimini ko‘rib chiqamiz. Shifrlash jarayoni bir necha bosqichlar-
da bo‘lib o‘tadi. Foydali axborotni shifrlash uchun dastlab uza-
tuvchi stansiya har bir paketga 12-baytli Nonce ketma-ketligini 
generatsiyalaydi (36.1-rasm). Nonce ketma-ketligining birinchi 
5 ta bayti GMH kadrining boshlanishi hisoblanadi. Keyin nolli 
qiymatlarga ega bo‘lgan 4 ta zaxiralangan bayt keladi. Keyin bu 
DSA xavfsizlik uyushmasida PN paketning 4 baytli nomeri 
(ingl. 
Packet Number)
keladi. PN qiymat yangi DSA yoki yangi TShK 
o‘rnatilganda 1 ga teng qo‘yiladi.


503
Generic MAC Header maydonning 
birinchi beshta bayti
0x00000000
Paket raqami
4 5
8 9
12
0

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin