Raqamli mobil aloqa


UMTS standartida tarmoq arxitekturasi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   289
Raqamli mobil aloqa

4.3.1. UMTS standartida tarmoq arxitekturasi
UMTS tizim arxitekturasi uni GSM tarmoqlari bilan (birinchi 
navbatda GSM/GPRS juftligi bilan) o‘zaro ishlashini ta’minlash 
maqsadida yaratilgan va shuning uchun UMTS tizim arxitektura-
sini o‘rganishdan avval, GSM tizimi arxitekturasini hamda unda 
GPRS qo‘llanilgan variantini yodga olish foydadan xoli emas, deb 
hisobladik.
Ma’lumki, GSM tarmoqlari uch asosiy tuzilma elementini o‘z 
ichiga oladi (4.2-rasmga qarang):
• MS
(ingl. Mobile Station)
– 
mobil stansiya;
• BSS
(ingl. Base Station Subsystem)
– 
tayanch stansiyalar 
nimtizimi;
• NSS
(ingl. Network and Switching Subsystem)
– 
tarmoq va 
kommutatsiya nimtizimi.
4.2-rasm.
GSM tarmog‘ining tuzilish sxemasi.
BSS nimtizimi MS uchun radioulanishni boshqarish vazifasi-
ni bajaradi, xususan: ovozni kodlash/dekodlash, signalni modul-


57
yatsiyalash/demodulyatsiyalash, “yuqoriga” va “past” yo‘nalishlari 
bo‘yicha uzatish tezligini radiomuhit sharoitlariga moslashtirish 
va boshqalar.
BSS nimtizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
• BTS
(ingl. Base Transceiver Station)
– 
tayanch stansiya:
sota 
deb ataluvchi cheklangan geografik hududda radiosignallarni uza-
tish va qabul qilish uchun kerak bo‘lgan qurilmalarni o‘z ichiga 
oladi. 
• BSC
(ingl. Base Station Controller)
– tayanch stansiya kon t-
rolleri: radiokanallarni va “xendover” jarayonini boshqarish vazi-
falarini amalga oshiradi.
NSS nimtizimi deb radioulanish tarmog‘i va tashqi umumiy 
foydalanish aloqa tarmoqlari orasida kommutatsiyani (ulanishni) 
amalga oshiruvchi qism hisoblanadi. 
NSS o‘z ichiga quyidagi qismlarni oladi:
• MSC
(ingl. Mobile Switching Center)
— mobil kommutat-
siya markazi: radioulanish tarmog‘i PSTN, PDN va ISDN kabi 
turg‘un aloqa tarmoqlari orasidagi o‘zaro bog‘lovchi qism hamda 
simli tayanch tarmog‘i hisoblanadi. Mobil aloqa tarmog‘ida MSC 
markazi BSC kontrollerlarini bir-biri bilan ulash hamda boshqa 
MSC markazlari bilan ulanish vazifalarini bajaradi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin