Raqamli mobil aloqa


• HLR (ingl. Home Location Register) —  mahalliy (“uy”) abo­



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   289
Raqamli mobil aloqa

• HLR
(ingl. Home Location Register)
— 
mahalliy (“uy”) abo­
nentlar registri:
tarmoqda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar 
haqida ma’lumot bazasi hisoblanadi. HLRda abonentni tanitadi-
gan manzillar (adreslar), raqamlar va abonentlarning haqiqiyligini 
bildiradigan va tasdiqlaydigan parametrlar, shuningdek, abonent-
ga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari tarkibi, marshrutlashtirish va 
“rouming” bo‘yicha ma’lumotlar saqlanadi.
• VLR
(ingl. Visitor Location Register)
— 
ko‘chma (mehmon) 
abonentlar registri:
tegishli geografik hududda joylashgan faol abo-
nentlar haqidagi vaqtincha saqlanadigan ma’lumot bazasi hisobla-
nadi. Aslida VLRda HLRdagi bilan deyarli bir xil ma’lumotlar 
joylashgan bo‘ladi, lekin VLR bu ma’lumotlarni faqatgina abo-
nent uning “javobgarlik” hududida bo‘lgan davrdagina saqlaydi. 


58
• EIR
(ingl. Equipment Identity Register)
— 
qurilmalarni identi-
fikatsiyalash registri:
tarmoq mobil stansiyalarining xalqaro identi-
fikatsion nomerlari – IMEI 
(ingl. International Mobile Equipment 
Identities)
bo‘yicha ma’lumot bazasi hisoblanadi. EIR shuningdek 
bir necha xavfsizlik vazifalarini ham bajaradi (masalan, qo‘ng‘i-
roqlarni taqiqlash).
• AuS
(ingl. Authentication Center)
– 
avtorizatsiya markazi:
abonentni autentifikatsiyalash (aslligini tasdiqlash) jarayonini 
bajaradi.
GSM tarmoq arxitekturasiga GPRS texnologiyasini joriy 
etilishi bilan tarmoqning kanal kommutatsiyasi hamda paket 
kommutatsiyasi rejimlarida ishlashi natijasida ham tovush, ham 
ma’lumot trafiklarini uzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. GRPS 
texnologiyasi ma’lumotlarni yuqoriroq tezlikda uzatish va pa-
ket kommutatsiyali tarmoqlar bilan o‘zaro ishlashini ta’min-
lash uchun GSM texnologiyasini davomchisi sifatida ishlaydi. 
GRPS texnologiyasini ishlatish uchun GSM tizimi arxitektura-
siga quyidagi tarkibiy elementlar qo‘shimcha tarzda kiritiladi 
(4.3-rasm).
4.3-rasm. 
GRPS tarmog‘ining tuzilish sxemasi.
Tashqi tarmoq


59

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin