Raqamli mobil aloqa


CDMA-2000 standarti radiointerfeys texnologiyasi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   289
Raqamli mobil aloqa

CDMA-2000 standarti radiointerfeys texnologiyasi
CDMA-2000 oilasi standartlarining asosida yotadigan CDMA 
(ingl. Code Division Multiple Access — kanallarni kod bo‘yicha 
ajratish asosida ko‘p sonli ulanish)
texnologiyasi
 — 
ajratilgan 
butun chastota polosasi bo‘ylab har bir aloqa seansiga alohida 
raqamli kod (mantiqiy kanal) ajratish hisobiga radiomuhitni taq-
simlash asosida quriladi. Texnologiya ancha keng polosalardan 


66
(1,25MGs) foydalanadi va signallarni uzatish o‘sha bitta chastota 
kanalida amalga oshiriladi. Signal kodlari bir-biridan farq qiladi 
va shuni hisobiga ular qabul qilish tomonida bir-biridan ajratib 
olinadi. Bundan shu kelib chiqadiki, CDMA texnologiyasi asosi-
dagi tarmoqlarda BSlarni ishlashi sinxron ravishda bo‘lishi kerak.
CDMA texnologiyasi bir necha eltuvchi chastotalarda 
(ingl. 
Multi Carrier – MC)
aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bitta 
eltuvchi chastotadan foydalanilganda (CDMA 1xRTT standarti-
da) texnologiya 1,25MGs polosada mantiqiy kanallar sonini 128 
tagacha va tezlikni 153kbit/sek gacha oshirishi mumkin. Bunga 
qo‘shimcha, Qualcomm kompaniyasi tomonidan taklif etilgan, 4 
dan 8-razryadli fazaviy modulyatsiyaga o‘tish uslubi (
ingl. High 
Data Rate — HDR)
hisobiga, ma’lumot uzatish tezligini bir yarim 
barobargacha oshirish mumkin. 
Uchta eltuvchi chastotadan foydalanilganda (CDMA-2000 3X 
standarti) ma’lumot uzatish tezligi 2Mbit/sek dan oshib ketadi. 
“Pastga” kanalda ma’lumotlar 1,25MGs kenglikdagi uch kanal 
bo‘ylab (1,25 x 3 = 3,75MGs) parallel ravishda uzatiladi. “Yu-
qoriga” kanalda esa uzatish DSSS uslubi asosida yaxlit 3,75MGs 
polosasida amalga oshiriladi. 
CDMA texnologiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati CDMA-
2000 standartlari fazalari orasida moslashuvchanlikni ta’minlash 
hisoblanadi. Bunda operatorlarga yangi chastotalar diapazonlari 
uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish hamda texnik uskunalarga 
sezilarli o‘zgartirishlar kiritish talab qilinmaydi. Ya’ni, IS-95 stan-
dartidan to CDMA-2000 EV-DO Rev.B standartiga qadar mavjud 
tarmoqlarni ketma-ketlik bilan rivojlantirish imkoniyati mavjud.
CDMA radiointerfeys texnologiyasi ishlashi bo‘yicha W-CD-
MA radiotexnologiyasidan farq qiladi va shu sabab CDMA-2000 
va UMTS yoki FOMA tarmoqlari orasida o‘zaro moslashuv na 
terminallar darajasida, na infratuzilmalar darajasida (MAP/GSM 
va ANSI-41) ta’minlanmaydi. Binobarin, har ikkala radiointer-
feys texnologiyasi ham IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydi, bu ular 
uchun birlashtiruvchi platforma bo‘lib ishlashi mumkin.


67

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin