12
Retranslyator shunday qurilmaki, u radiosignalni qabul qila-
di va keyingi qabul qiluvchi stansiyaga uzatadi. Koinotdagi Yer-
ning sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan retranslyator eng katta qamrov
maydoniga egadir. Yerda belgilangan kerakli qamrovni ta’minlash
uchun retranslyator sun’iy yoki tabiiy balandliklarga (imorat, mi-
nora, tepalik) o‘rnatiladi. Amalda zamonaviy aloqa tizimlarining
hech qaysisi retranslyatorsiz to‘la ishlay olmaydi. Retranslyatsiya
prinsipi 1.3-rasmda keltirilgan.
Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko‘pincha atal-
ganidek mobil aloqa tizimlarida) “avlodlar”
almashishi shaxsiy
kompyuterlar industriyasi yoki televizion texnikaga nisbatan yaq-
qolroq va aniqroq bo‘lmoqda. Mobil aloqa dunyosida ko‘p nar-
sa hisoblidir: 1G
(ingl. “First Generation” – birinchi avlod)
–
bu ana log aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi
av
lod – 2G, kanallar kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan
raqamli aloqa tizimlari
(GSM, DAMPS va sdmaOne standartlari)
;
uchinchi avlod – 3G, kanallar kommutatsiyalanishi
bilan birga pa-
ketlar kommutatsiyalanishini ham ko‘zda tutadi (UMTS va CDMA-
2000 standartlari); va, nihoyat, to‘rtinchi avlod – 4G tarmoqlari
to‘liq paketli IP kommutatsiya asosida quriladi (LTE Advanced,
IEEE802.16m (WiMAX) va IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari).
Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa dunyosida avlodlarning al-
mashishi muntazam ravishda har o‘n yilda bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgi kun ham dunyo miqyosida ikkinchi
avlod mobil alo-
qa tizimlaridan uchinchi avlod tizimlariga o‘tish bilan bog‘liqdir.
Haqiqatan, tarqalishi darajasi bo‘yicha 3G tarmoqlari mobil alo-
qaning jahon bozorida 25 foizini egallagan holda, 2G tarmoqlari-
ni quvlab, bosqichma-bosqich yetakchi o‘rinlarga chiqib bormoq-
da. Mobil qurilmalar yaratuvchilari global assotsiatsiyasining
(ingl.
Global mobile Suppliers Association, GSA)
va CDMA rivojlanish
guruhining
(ingl. CDMA Development Group, CDG)
hisobotlariga
ko‘ra, 2011-yilning 11-mayiga kelib butun dunyoda 3G tarmoq-
lari soni 700 dan oshib ketdi, abonentlar soni esa 1,3 milliardga
yetdi [1,2]. Bu yosinda 3G texnologiyalarining
funksional im-
13
koniyatlari ham joyida turmayapti va 3,5G nomini olgan (ya’ni
HSPA va HSPA+ tizimlari) yangi ishlanmalar sari rivojlanib bor-
moqda. Bunday sharoitda 3G tarmoqlarining istiqbollari yorqin
ko‘rinmoqda edi. Ammo bizning ko‘z o‘ngimizda qiziqarli bir ja-
rayon ham yuz bermoqda: sahnaga “4G” deb atalmish mobil alo-
qaning yangi avlodi (LTE texnologiyasi)
kirib kelmoqda va jiddiy
ravishda “oilada o‘z o‘rniga” da’vogarlik qilmoqda. Shu sababdan
yaqin vaqtlarda 3G tarmoqlari to‘liq kuch bilan rivojlanmasdan
turib o‘z o‘rnini 4G tarmoqlariga bo‘shatib berish ehtimoli paydo
bo‘lmoqda.
4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100Mbit/sek dan ortiq
tez likda ma’lumotlarni uzatishga imkon
beradigan texnologiyalar-
ni kiritish ko‘zda tutilgan. Keng ma’noda 4G – bu yana ma’lumot
uzatuvchi umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga),
shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va WiMAX (nazariy
jihatdan bu standartda tezlik 1Gbit/sek dan ortishi mumkin) tar-
moqlariga keng polosali simsiz ulanish texnologiyalaridir. Qiyos-
lab ko‘rilsa, hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE
(2G/2,5G) sotali aloqa standartida ma’lumotlarni uzatish tezligi
384kbit/sek ni tashkil etadi. Asosan Yevropa, AQSH va Osiyo ning
bir necha mamlakatlarida (Yaponiya, Tayvan, Singapur) keng
tarqalgan 3,5G avlod tarmoqlarida tezlik 7–14,4Mbit/sek gacha
yetib boradi (1.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: