119
8-bob. HARAKATDAGI RADIOALOQA TIZIMLARI
RIVOJLANISHINING TAHLILI
8.1. Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining
tavsifi va tarixi
Harakatdagi radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim
etiladigan xizmatlar sifati va hajmining kengaytirilishi hisobiga,
ularning ommaviylashishi va foydalanuvchilarning individual
talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin sur’atlarda rivojlan-
moqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud tarmoq-
larning
takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infra-
tuzilmasini yaratish bilan bog‘liq yangi texnik yechimlar
ning
ishlatilishi hisobiga ta’minlanadi. O‘z o‘rnida HRT tizimlari
ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat jarayon-
larini boshdan kechirmoqda.
Shu asnoda, ba’zi bir xizmat tur-
lari o‘z umrini o‘tab sahnadan ketmoqda (masalan, “peydjing”
personal radiochaqiruv tizimlari), boshqalari o‘zining funksional
imkoniyatlari bilan alternativ xizmatlarga yaqinlashib bormoqda
(masalan, sotali va tranking aloqalar), uchinchi holatda esa, bir
xizmat ikkinchisining bozorini qamrab olmoqda (masalan, sotali
va yo‘ldosh aloqa tizimlari) va hokazo. “Xohlagan xizmatni”
(ya’ni, nutq, ma’lumot, multimedia xizmatlari), “xohlagan joy-
da” (global ko‘lamlarda) va “xohlagan vaqtda” (ishda, uyda,
dam olishda, yo‘lda) taqdim etishga qodir bo‘lgan ko‘p
qamrovli
aloqa tizimining konsepsiyasi bugungi kunda muayyan qirralar-
ga ega bo‘lmoqda. Lekin yangisini qurish uchun eskisini bilish
zarur bo‘lgani kabi, bu tizimlarda bugungi kunda amalga osha-
yotgan jarayonlarni yaxshi tushunish uchun HRT tizimlarining
tug‘ilish manbalari va rivojlanishini yodga olish ham foydadan
xoli emas. Shu maqsadda mazkur bobda o‘z
rivojlanishini davom
ettirayotgan HRT tizimlariga qarashli professional mobil aloqa
(tranking), sotali aloqa, yo‘ldoshli aloqa va simsiz telefoniya ra-
dioaloqa turlari bilan tanishib chiqamiz.
120
Professional mobil radioaloqa (PMR) turi bugungi kunda tran-
king radioaloqa tizimlari sifatida ma’lum bo‘lib, HRT tarkibida
eng “keksa” hisoblanadi. Bu aloqa turi o‘tgan asrning 30-yillari-
da paydo bo‘lib, yetmish yildan ortiq
vaqt davomida insoniyat-
ga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, PMR tizimlariga jamiyat
xavfsizligi xizmatlari va huquq tartibini muhofaza qilish uchun
turli vakolatli tarmoqlar (tez tibbiy yordam va favqulodda vazi-
yatlar bo‘yicha, munitsipial va transport xizmatlari, yirik indus-
trial obyektlar va boshqalar) kiradi. Qabul qilingan xalqaro klassi-
fikatsiya bo‘yicha
PMR tizimlarining ikki sinfi, ya’ni professional
mobil radioaloqa tizimlari — PMR
(ingl. Professional (Private)
Mobile Radio)
va umumiy foydalanish mobil radioaloqa tizim-
lari – PAMR
(ingl. Public Access Mobile Radio)
mavjud. Birinchi
sinfdagi tizimlar bir foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi
tasarrufida bo‘ladi va umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin tijoriy xizmatlarni ko‘rsatmaydi.
PMR tizimlarining ikkinchi sinfi esa ko‘plab foydalanuvchilarga
korparativ asosda UFTT (PSTN) tarmoqlariga
chiqish imkoniya-
tini beradi va operator tomonidan yaratiladi.
Tranking rejimida ishlaydigan PMR tizimlarining farqli o‘zi-
ga xos xususiyati – bu umumiy boshqarish shinasi yordamida
bir-birlari bilan bog‘langan bir nechta retranslyatorlardan iborat
saytning (retranslyatsiya punktining) mavjud chastota resursidan
umumiy foydalanish hisobiga radiochastotalarni samarali ishlatish
qobiliyatidir. Shuningdek, PMR tizimlarida radioefirni “yengil-
latishga” abonent radiostansiyasining uzatkichi doimiy ravishda
emas, balki faqat maxsus tugma – tangenta
Dostları ilə paylaş: