Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   289
Raqamli mobil aloqa

8.2-rasm. 
Chegaradosh qo‘shni stansiyalar guruhi.
Bundan kelib chiqqan holda xizmatdagi butun hudud 
bo‘yicha faol abonentlar soni 
N=Ll
bilan aniqlanadi, chastota 
spektrining foydalanish samaradorligi esa :
 B=N/F
c
 = L/F
k
 C = 1,21 R
0
2
 / F
k
 CR
2
bilan aniqlanadi. 
Stansiyali guruh


126
Ya’ni u B to‘plamdagi kanallar soniga bog‘liq emas va sota 
radiusining kamayishi bilan oshib boradi. Bundan kelib chiqadiki, 
qanchalik sotaning radiusi R kichik bo‘lsa, chastotalarni shuncha 
tez-tez, ya’ni ularning baravar ishlatilishini (foydalanishini) 
takrorlashi mumkin. Bundan tashqari chastota parametri S ning 
kichikroq qiymatini tanlab olish zarur.
Sotaning shakli oltiburchakli deb qaralganda C bilan himoya 
intervali D (takrorlanuvchi chastotalarga ega sotalararo masofa) 
qiymatlarining optimal bog‘lanishi quyidagichadir:
C = (D/R)
2
/3
Bundan tashqari, oltiburchak shakldagi sota MS uzatkichining 
quvvati chegaralangach va chastotaviy kanallarning taqsimlanishini 
muntazamlash imkoni bor tizimlarida doiraviy zonaning eng 
yaxshi aproksimatsiyalanishini ta’minlaydi.
Ko‘rib chiqilgan hududiy ikki o‘lchovli qoplash sxemasi 
bir chiziq bo‘yicha uzun zanjir shaklida sotalarning joylashish 
sxemasidan birmuncha farq qiladi. Chiziqli joylashtirish radial 
yo‘nalishliga qaraganda, masalan avtomagistrallar bo‘ylab 
tizimlar qurishda ko‘proq e’tiborga sazovordir. Bunda chastota 
kanallarning minimal zarur soni C = D/2R bilan aniqlanadi.
Ishlatish (foydalanish) tajribasi va hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki,
R va D/R nisbatning kamaytirilishi KSAT da yuqori o‘tkazuvchanlik 
imkoniyatini va chastotaviy samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. 
Ammo, sota radiusini haddan tashqari kamaytirish abonentlarning 
ko‘chishida sotaning shartli chegaralarini kesib o‘tish soni 
juda ko‘payib ketishiga olib keladi. Shu tufayli qayta ishlashni 
talab qiluvchi ma’lumotlar oqimi oshadi, bu esa boshqarish va 
kommutatsiya quyi tizimlarining o‘ta yuklanishiga olib keladi va 
natijada tizimning ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. Bundan 
tashqari R ning kichik qiymatlarida, hududning real sharoitlarida
BTS antennasining aniq joylanishi holatidan chetlanishi mumkin.
Hisoblashlar ko‘rsatadiki, R=1,6 km bo‘lganda, BTS anten-


127
nasining geometrik markaziga nisbatan radiusning to‘rtdan bir 
masofaga o‘z joyidan siljishi qabul qilgich kirishidagi signal/
xalaqit nisbatining 10% kamayishiga olib keladi.
D/R qiymati o‘zaro xalaqitlarning belgilangan sathi bilan 
aniqlanadi, D/R qiymatlari kamaygan holda, qabul qilishning 
xalaqitbardoshligini yuqori darajada saqlash maqsadida maxsus 
chora ko‘rish talab qilinadi. 
Qabul qilishda xalaqitbardoshlikni oshirish usullaridan biri 
yo‘naltirilgan antennalaridan foydalanishdir.
Masalan, AMPS (AQSH) tizimida yo‘naltirilmagan antenna 
o‘rniga 3 ta 1200 antennalarni qo‘llash natijasida qabul qilgich 
kirishidagi belgilangan signal/xalaqit nisbat chastotaviy parametrni 
S=7
(
S=12
, yo‘naltirilmagan antennalar uchun) qiymatgacha 
kamaytirish imkonini beradi (18.3-rasm).
Kanallarning taqsimlash usullaridan biri bo‘lib ikkilangan 
struktura hisoblanadi. Bu usulning eng sodda qoidasiga binoan 
BTSga 
k, k+l, k+lS
nomerli kanallar to‘plami ajratiladi. Bu yerda 
k stansiyalar guruhidagi BTS ning nomeri. Stansiyalar guruhidagi 
turli xil to‘plamlar ishlatiladi, ya’ni 
k= 1,2…C
Masalan, 3 raqam bilan belgilangan l=7 sotalarda 3,10,17,24... 
va h.k. kanallar ishlatiladi.
Yo‘naltirilgan antennalari bor tizimda simvollararo xalaqitlarni 
yo‘qotishning yanada samarali usullaridan biri – bu qo‘shni 
kanallar antennalarini kerakli fazoviy sozlab yo‘naltirishdir.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin