Raqamli mobil aloqa


Simsiz telefoniya tizimlari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   289
Raqamli mobil aloqa

8.2. Simsiz telefoniya tizimlari
XX asrning oxirida harakatdagi aloqa rivojlanishining muhim 
yo‘nalishlaridan biri abonent radio ulanish tizimlarining yara-
tilishi bo‘ldi. 1975-yilda Motorola (AQSH) kompaniyasi birinchi 
analog simsiz telefon apparatini 
(ingl. Cordless Telephone 

 CT) 
yaratdi. 
Bu telefon UFTTga simli liniya bo‘yicha ulangan tayanch 
platformadan 100 m radius uzoqlikda radiotelefon trubka yor-
damida abonentga erkin harakatlanish imkonini berdi. Maz-
kur texnologiya asosida ST nomli analog standartlari, keyin-
roq uning takomillashtirilgan ST-2 versiyasi ishlab chiqildi. 
Keyinchalik, ST-2 tizimi prinsiplari asosida yaratilgan TDMA 
texnologiyasidan foydalangan ko‘p kanalli tizimlar: 900 MGs 
diapazondagi DCT-900 standarti (Shvetsiya) va 1800 MGs 
diapazondagi raqamli simsiz telefoniyaning Yevropa standar-
ti — DECT 
(ingl. Digital European Cordless Telecommunica-


133
tions) 
ishlab chiqildi. Kichik quvvatli nurlanishni (10–25mVt) 
va abonent uskunalarining juda yuqori zichlikda joylashuvi-
ni ta’minlay olgan DECT standarti ETSI instituti tomonidan 
1992-yilda tasdiqlandi. Bu texnologiyaning keng joriy etilishi 
1995-yilda birdaniga 2 millionga yaqin terminallar sotilganidan 
so‘ng boshlanib ketdi [16]. 
U davrda bir necha yillardan keyin DECT standarti simsiz tele-
foniya bozorini deyarli to‘liq egallab olishiga ko‘pchilik ishonmas 
edi. 2001-yilga kelib, raqamli simsiz telefonlar soni taxminan 50 
millionni tashkil etib, analog simsiz telefonlardan (45 mln) o‘zib 
ketdi.
Simsiz telefoniyaning keyingi rivojlanishi sotali aloqa tarmoq lari 
(pikosotalar va femtosotalar) bilan birikib ketish yo‘lidan boradi 
va mobil aloqa tizimlarida o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin