141
Bundan oldinroq e’tibor berilgan GSM standarti ikkita diapazon
chastotalarida ishlashi bayon qilingan edi, ya’ni MS uzatgichlari
uchun 890…915MHz va BTS uzatgichlari uchun 935…960MHz.
Kanallarining ham chastotaviy va ham vaqt bo‘yicha taqsimlani-
shini bajaruvchi bu standartda tor polosali (aloqa kanalining po-
losa kengligi 200kHz) ko‘p stansiyali foydalana olish qo‘llaniladi.
Chastotali taqsimlash doirasida himoya polosalarini
hisobga ol-
gan holda, standart uzatish va qabul qilish chastotalari 45MHz
tarqoq likka ajratilgan 124 dupleks kanallarni o‘z ichiga oladi.
Vaqt bo‘yicha taqsimlash doirasida axborotni aloqa kanali vo-
sitasida 124 ta kanalning har biriga taalluqli 577
MS
davomlilik-
ka ega bo‘lgan 8 ta vaqt intervali (slot) ning birginasi davomida
uzatish amalga oshiriladi. Tashkiliy jihatdan 8 ta slotlar davom-
liligi 4,615 ms bo‘lgan kadrlar (ingl. atama “frame”) ichiga bir-
lashtiriladi, va ular o‘z navbatida multkadr,
super kadr va giper-
kadrlarga ketma-ket guruhlashtiriladi. Giperkadrning davomliligi
GSM standartining vaqt strukturasidagi kadrlar ketma-ketligi-
ning davrini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, giperkadr ko‘la-
mi doirasida kadrning nomeri uzatiluvchi axborotni kriptografik
himoyalashda kirish parametri sifatida qo‘llaniladi.
9.3. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p marta va ko‘p
stansiyali foydalanish KKAKF(CDMA)
Buning negizida an’anaviy bo‘lib qolgan tor polosali tizimlarga
nisbatan uzatiluvchi xabarning polosasi ataylab bir necha barobar
yoki ko‘p marta kengaytirilishni ko‘zda
tutuvchi keng polosali
(spread spectrum) uzatish nazariyasiga amal qilish yotadi. Bunday
tizimlarda spektrning sun’iy kengaytirilishi qoida asosida ikkita
asosiy usulning biri bilan amalga oshiriladi:
• to‘g‘ridan to‘g‘ri kengaytirish —
direct sequence spread spec-
trum (DSSS);
• sakrash yo‘li bilan tashuvchi chastotani o‘zgartirish —
fre-
quency hop spread spectrum (FHSS).
142
Birinchi variantda axborot xabari T davomlilikga ega bo‘lgan
ele mentlar (chiplar)dan tashkil topgan psevdo tasodifiy ketma-ket-
lik (PTK)ni manipulyatsiyalaydi. Bu yerda chipning davomiyligi
uzatiluvchi bit yoki simvol davomiyligi T ga nisbatan ko‘p maro-
taba (N marta) kichikdir.
Kattalik N birlamchi xabar polosasiga nisbatan solishtirgandagi
polosa kengayishining darajasini xarakterlaydi
va spektr kenga yish
koeffitsienti deb nomlanadi
(ingliz matnlarda spreading factor yoki
processing gain).
Keltirilgan 9.3-b,e rasmdagi diagrammalar raqamli ikkilik uza-
tish va binar PTK uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri spektr kengay tirishning
protsedura mazmunini namoyish qiladi. 9.3-d rasmda davriy bi-
narli PTK ko‘rsatilgan va uning davri o‘z ichiga N = 8 chiplarni
kiritgan holda bitta xabar jo‘natmaning davomligi to‘g‘ri keladi
(umuman olganda PTKning davri ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, xu-
susan, xabar jo‘natmasining davomliligidan ancha katta bo‘lishi;
umuman PTK mutlaqo aperiodik bo‘lishi ham mumkin. To‘g‘ri-
dan to‘g‘ri kengaytirishning natijasi yaqqol ko‘rinib turibdi (9.3-d
rasm), axborot jo‘natma o‘z ichida nol bitni olib yursa (D(t) ning
musbat qutbi, 9.3-b rasm), unda ko‘paytirgichning
chiqishida
PTKning eng birinchi holati mavjud bo‘ladi. Joriy bitning “1”
qiymati jo‘natma bilan uzatilsa, unda PTKning qutbi teskarisiga
o‘zgaradi. Hosil bo‘lgan signal ko‘paytirgichdan so‘ng standart
tashuvchi modulyatoriga o‘tkaziladi (BFM, KFM va h.k.).
Uzatiluvchi D(t) ma’lumotlar oqimi bilan qayd etilgan PTK
ustidagi manipulyatsiya s(t) ularning oddiy ko‘paytirish amali bi-
lan bajariladi (9.3-a rasm).
Bundan ko‘rinib
turibdiki, spektrni to‘g‘ridan to‘g‘ri kengay-
tirish protsedurasi Gauss kanal bo‘yicha ikkilik uzatishning xa-
laqitbardoshligini yomonlashtirmaydi, signallarni uzatiluvchi 0 va
1 bitlarga taalluqli qilib bergan holda o‘zaro teskari qoladi.
Spektr kengaytirishning ikkinchi usulini qo‘llaganda axborot xabar-
larining har bir simvollari ma’lum ketma-ketlik bilan ta yinlangan
holda disret chastotalar to‘plami yordamida uzatilishi zarur.
143
Mavjud va kelajakda takomillashtirilgan
sotali aloqa tizimlar-
da sinxron yoki asinxron variantda amalga oshiriluvchi spektr ning
to‘g‘ridan to‘g‘ri kengaytirilishi ustun qo‘llaniladi. Bu ikkita DSSS
modifikatsiyalarining farqi ancha sezilarlidir. Birinchi usulni barcha
individual adres ketma-ketliklarni (signaturalarni) sinxronizatsiyalash
imkoni bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Signaturalar alohida abo-
nentlarga
shunday taqdim etiladiki, qabul qilish tomonda turli abo-
nentlarning signallari o‘zaro vaqt siljishlarga ega bo‘lmasligi kerak.
“Pastga” deb nomlanuvchi liniyaga shunga o‘xshash holat xarakter-
lidir. Bu yerda aniq bir vaqtning o‘zida, ya’ni BTSdan turli xil MSga
uzatilgan signallar bitta trassa bo‘ylab o‘zaro kechikmasdan keladi.
K abonentning
axborot signali
kodlar
ketma-ketligi
C
i
(t)-D
i
(t)
C
i
(t)-D
i
(t)
D
i
(t)
C
i
(t)
Tg=T
t
t
t
C
i
(t)
Dostları ilə paylaş: