159
Umumiy foydalanish harakatdagi tranking radioaloqa tizim-
ning ko‘plab, turli xil standartlari mavjud. Ular bir-biridan
nutq axborotini uzatish uslubi (analogli va raqamli), kanallarni
chastotaviy (KCHAKF), vaqt bo‘yicha (KVAKF) yoki kodli (KKA-
KF) ajratish orqali ko‘p
stansion foydalanish turlari, kanallarni qidirish
va tayinlash (markaz lashtirilmagan va markazlashtirilgan boshqaruv),
boshqaruv kanali turi (ajratilgan va taqsimlangan) va boshqa xarakte-
ristikalari bilan farq qiladi.
Tranking tizimi tuzilish arxitekturasining asosiy tamoyillarini
tushuntirish uchun tranking tizimining
bir zonali umumlashtiril-
gan strukturaviy sxemasini ko‘rib chiqamiz (10.1-rasm).
Bu yerda radiochastota qurilma tarkibiga retranslyator, antenna
va radiosignallarni birlashtiruvchi qurilma kiradi.
Retranslyator.
Retranslyator deganda bir juft tashuvchi chas-
totalarga mo‘ljallangan qabul qilib-uzatuvchi qurilmalar to‘plami
tushuniladi. Anologli tranking tizimlarda
bir juft tashuvchi chas-
totalar trafikning bitta kanalini bildiradi. Vaqt bo‘yicha zichlashti-
ruvchi raqamli tranking tizimlarda (TETRA, EDAS, ProtoCAL
va boshqa standartlar) bitta retranslyator ikkita yoki to‘rtta trafik
kanalini ta’minlashi mumkin.
Antennalar.
Tranking tizimlarni qurishning
muhim tamoyillari-
dan biri bu mumkin qadar ko‘lami katta bo‘lgan qoplash zonasini
yaratishdan iborat. Shuning uchun tayanch (baza) stansiyaning
(BS) antennalari baland minoralar yoki inshootlarga joylashtirili-
shi va ular doiraviy yo‘naltirish diagrammasiga ega bo‘lishi zarur.
Tayanch stansiya zona chekkasida joylashgan holda yo‘naltiril-
gan antennalar qo‘llaniladi. Tayanch
stansiya bitta qabul qiluv-
chi-uzatuvchi antennaga yoki qabul qilish va uzatish uchun alo-
hida antennalarga ega bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda ko‘p nurli
tarqalishdan kelib chiquvchi tinishlar bilan kurashish uchun bir
tayanch minoraga bir nechta qabul qiluvchi antennalar joylashti-
rilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: