Raqamli mobil aloqa


Rel-9 va undan keyin relizlar



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Rel-9 va undan keyin relizlar
(Takomillashtirilgan HSPA)
2009–2010
LTE texnologiyasi
yangi kengroq FDD 
va TDD dupleksli 
spektordan foydalaniladi
2011+……..........>
 11.1-rasm. 
3GPP loyihasining bosqichlari.
11.3. 3,5G avlod standartlari
Ma’lumot uzatish tezligini oshirish va ma’lumot uzatilishi ning 
kechikishini (ma’lumot paketi adresatga yetib borib qaytish vaqti-
ni, qisqacha, “javob kechikishi vaqtini”) kamaytirish maq sadlarida 
UMTS standartining navbatdagi rivojlanish bosqichida ko‘p pozit-
siyali kvadratura-amplitudaviy modulyatsiyalar, ya’ni 16-QAM, 
64-QAM usullari qo‘llanilgan HSPA 
(ingl. High Speed Packet Ac-
cess)
texnologiyasi ishlab chiqildi. Bu texnologiyada javob kechiki-
shi vaq tini kamaytirish maqsadida asosiy e’tibor MAS 
(ingl. Me-
dia Access Control)
— muhitga ulanishning boshqaruv protokolini 
modernizatsiyalashga qaratildi. HSPA texnologiyasi 3GPP loyihasi 
standartlarining 6-bosqich spetsifikatsiyasi 
(ingl. 3GPP Release 6)
sifatida kiritilgan bo‘lib, odatda 3,5G avlodiga mansub deb ko‘rsa-
tiladi. O‘z navbatida, HSPA standarti ikkita tashkil etuvchi tex-
nologiyalar – HSDPA va HSUPAlardan iborat.


181
HSDPA
(ingl. High-Speed Downlink Packet Access – “pastga” 
yo‘nalishida ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish) 
– mu-
taxassislar tomonidan to‘rtinchi avlod texnologiyalariga o‘tishda 
oraliq bosqichlaridan biri sifatida baholanayotgan mobil aloqa 
texnologiyasidir. HSDPA texnologiyasida ma’lumot uzatishning 
maksimal nazariy tezligi 14,4Mbit/sek gacha etishi mumkin, mav-
jud tarmoqlarda amaliy erishilgan tezlik esa 3Mbit/sek ni tashkil 
etadi.
HSDPA texnologiyasi kabi 
HSUPA
(ingl. High-Speed Uplink 
Packet Access – “tepaga” yo‘nalishida ma’lumotlarni yuqori tezlik-
da paketli uzatish texnologiyasi)
takomillashgan modulyatsiyalash 
usullari hisobiga foydalanuvchining W-CDMA AUsidan BSga 
ma’lumot uzatishni tezlatishga imkon beradigan mobil aloqa tex-
nologiyasi hisoblanadi. 
Nazariy jihatdan HSUPA texnologiyasi “yuqoriga” 
ma’lumot larni maksimal 5,76Mbit/sek gacha bo‘lgan tezlikda 
uzatishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu bilan AUdan BSga ma’lu-
motlarning katta oqimini talab qiluvchi uchinchi avlod ilova-
larini (masalan, vi deokonferensiya) ishga tushirish imkonini 
beradi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin