182
sial imkoniyatiga egaligi taxmin qilinmoqda. Texnologiyada bir
necha eltuvchi chastotalarda (har biri 5MGs dan)
bir vaqtda
uzatish va qabul qilish prinsipi ham ishlatilishi mumkin,
bu nar-
sa tezlikni bir necha marta oshirib berishi mumkin. Opsional
ravishda HSPA+ tarmoqlari to‘liq IP-arxitekturasi asosida
(ingl.
all-IP–architecture)
qurilishi mumkin,
bu BSlarni IP-protokol-
lar asosida qurilgan magistral liniyalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash
imkoniyatini beradi. HSPA+ texnologiyasida AUlar akkumulya-
torlari tejamliroq ishlatiladi va ularning “kutish” rejimidan
“faol” rejimiga o‘tish vaqti sezi larli qisqaradi.
HSPA+ texnologiyasi 3GRR loyihasi standartlarining 7- va 8-
bosqichlari (relizlari)ga
(ingl. 3GRR Rel. 7 & 8)
kiradi.
HSPA+ texnologiyasi asosidagi birinchi tarmoq 2008-yil-
da Avstraliyaning Telstra kompaniyasi
tomonidan Ericsson
(Shvetsiya) uskunalari yordamida ishga tushirildi. 2011-yilning
may oyida jahonning 65 davlatida 123 ta HSPA+ tarmoqlari
bor edi [19].
Dostları ilə paylaş: