186
3G va 3,5G tarmoqlari soni 710 tani tashkil etgan, bu esa dunyo-
dagi barcha sotali aloqa tarmoqlarining 25% ni tashkil etgan [21].
Bunda 400 ta tarmoq W-CDMA texnologiyasi asosida qurilgan
bo‘lib, ushbu tarmoqlardagi abonentlar soni 684 mln ni tashkil
etgan. Shu bilan birga 323 tadan oshiq tarmoqlar CDMA-2000
standartlar oilasi asosida qurilgan va ularda abonetlar soni 561
mln ni tashkil etgan. Shu jumladan 245 ta tarmoq EV-DO (Rel.0,
Rev. A, B) standarti asosida qurilgan [22].
3G tizimlarining imkoniyatlari yakkaxon mijozlar uchun ham,
jamoa bo‘lib foydalanuvchi (korporativ) mijozlar uchun ham mobil
aloqadan foydalanishning yangi qirralarini ochadi. Yuqorida ta’kid-
lab o‘tilgan Internetga ulanish hamda videoaloqa xizmatlaridan
tashqari, 3G abonentlari korporativ tarmoqlarga masofadan turib
ulanishlari ham mumkin. Va, bu bilan, mobil aloqaning uchinchi
avlodi ofisda ishlashning an’anaviy tarzini tubdan o‘zgartiradi.
2000>
Dostları ilə paylaş: