198
Bundan kelib
chiqqan holda, “yaxshi” avtokorrelyasion va
o‘zaro korrelyatsion funksiyalarga ega bo‘lgan signallar ansam-
blini tanlash, korrelyatsion qayta ishlash yo‘li bilan (KPS o‘rami)
signallarning bo‘lib ajratilishini ta’minlashi mumkin,
bu esa aloqa
kanallarini kodli ajratish tizimini qurishning asosiy prinsipi bo‘lib
hisoblanadi.
Amaliyotda sotali aloqa tizimlarida, asosan spektrni to‘g‘ri
kengaytirish yo‘li bilan olingan KPS qo‘llaniladi, kanallarning
farqi esa chastotalar spektrini kengaytirish uchun qo‘llaniluv-
chi psevdo tasodifiy ketma-ketlik shakli bilan aniqlanadi. Bun-
day shakllangan radiosignal faza bo‘yicha manipulyatsiyalangan
KPS deb ataladi.
PTK turini tanlash signallar ansamblining o‘zaro va avtokorrel-
yatsion tavsiflariga,
uning hajmiga, qabul qilgichdagi signallarni
tashkil qiluvchi va “siquvchi” qurilmani amalga oshirishning sod-
daligiga bog‘liq. Qayd qilingan shartlarni
chiziqli M ketma-ketlik
va uning segmentlari ko‘proq qoniqtiradi, signallar ansamblining
hajmini kengaytirish uchun esa ko‘pincha
PTK qismlariga Uolsh
ketma-ketligini qo‘shish bilan amalga oshiriladi.
CDMA standartining KSAT tizimlarini yaratishdagi asosiy
muammo, bu kichik gabaritli, kam quvvat sarflovchi va ko‘p funk-
siyali KPS “siquvchi” qurilmalarini ishlab chiqarishdir.
Shu payt-
ga kelib, bu maummo turli xil firmalar tomonidan muvaffaqiyatli
yechilmoqda, jumladan, Amerikaning
Qualcomm firmasi tavsi-
yasi bilan AQSHda CDMAli KSAT tizimi uchun IS-95 standar-
ti qabul qilindi. Yevropada RACEning turli dasturlarida CODIT
(code division testted)
loyihasi ishlab chiqildi, uning asosiy maq-
sadi CDMA standartida uchinchi avlod UMTS/FPLMTSdan
foydalanish imkoniyatidir.
Dostları ilə paylaş: