Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. Sotali aloqa tizimlarining rivojlanishiga qisqa tahlil bering.
2. Tranking aloqa tizimlarining rivojlanishiga qisqa tahlil bering. 
3. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarining rivojlanishiga qisqa tahlil 
bering. 
4. Ikkinchi avlod tizimlarining klassifikatsiyasini keltiring. 
5. Ko‘p sonli ulanish texnologiyalari va duplekslash usullarini 
keltiring. 


207
13-bob. UMTS VA GSM TARMOQLARINING
O‘ZARO ISHLASHI
Standart spetsifikatsiyalariga ko‘ra, UMTS quyidagi chastotalar 
spektridan foydalanadi:
• 
“yuqoriga” yo‘nalishda 1885MGs—2025MGs (AUdan BSga 
yo‘nalishida);
• 
“pastga” yo‘nalishda 2110MGs—2200MGs (BSdan AUga 
yo‘nalishida).
AQSHda 1900MGs chastotalar diapazoni bandligi sababli, 
UMTS tarmoqlari uchun munosib ravishda 1710MGs – 1755MGs 
hamda 2110MGs – 2155MGs polosalar ajratilgan.
Bundan tashqari, ayrim davlatlar UMTS tarmoqlarini qurish 
uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 
davlat doirasida qo‘shimcha chastota polosalarini ajratishgan 
(masalan, AQSHda 850MGs, Finlyandiyada 900MGs).
2004-yilning dekabrida butun dunyo bo‘ylab W-CDMA radio-
ulanish texnologiyasi asosidagi tarmoqlarni joriy etgan operator-
larga jami 120 dan ortiq litsenziyalar (radiochastotadan foydala-
nishga ruxsat) berilgan edi. Yevropada litsenziya berish jarayoni 
yuqori texnologik kompaniyalar aksiyalariga talab kuchaygan 
vaqtiga to‘g‘ri kelgan edi. Buyuk Britaniya va Germaniya kabi 
davlatlarda, ko‘plab mutaxassislarning fikri bo‘yicha, litsenziyalar 
narxi o‘ta yuqori bo‘lib, xarajatlarni qoplay olmaydigan darajada 
bo‘lgan. Masalan, Germaniyada operatorlar 6 litsenziya uchun 
50 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ sarflaganlar va ulardan ikkitasi 
(Mobilcom kompaniyasi va Finlandiyani Sonera va Ispaniyani 
Telefonica kompaniyalarining konsorsiumi litsenziyalari) keyin-
chalik to‘lovi qaytarilmasdan bekor qilingan.
UMTS va GSM tizimlari radiointerfeys sathida turli xil me-
xanizmlardan foydalanadi, shuning uchun ushbu sathda ikkala tar-
moqlar moslasha olmaydilar. Lekin hozirgi paytda ikkala standartda 
ishlay oladigan UMTS abonent uskunalari va modullari Yevro-
pa, AQSH, Shimoliy Afrika va Osiyoning ko‘p hududlarida keng 


208
tarqalgan. Bunda, agar UMTS tizimining abonenti UMTS xizmat 
doirasidan chetga chiqsa, uning terminali avtomatik ra vishda GSM 
formatida qabul qilish va uzatish (hatto tarmoq turli operatorlarga 
tegishli bo‘lsa ham) holatiga o‘tadi. Lekin GSM standartining mo-
bil terminallari UMTS tarmoqlarida ishlay olmaydi.
GSM standartida xizmat ko‘rsatayotgan aloqa operatorlari 
uchun UMTS standartiga o‘tish texnik nuqtayi nazaridan oddiy 
bo‘lsada, tarmoqni tashkil etish nuqtayi nazaridan ancha xarajatli 
bo‘ladi. Yangi darajadagi tarmoqlarni qurishda oldingi infratuzil-
maning aksariyat qismi saqlanib qoladi, lekin shu bilan birga BSlar 
uchun yangi uskunalarni sotib olish hamda yangi litsenziyalar 
olish uchun katta miqdorda mablag‘ sarflanishi talab qilinadi. 
UMTS tizimining GSM tizimidan asosiy farqi radioulanish tar-
mog‘ini 
(ingl. Radio Access Network — RAN)
umumiy ulanish 
prinsipida qurilishidadir. Bu UMTS tizimini birlashgan xizmatlar 
ko‘rsatuvchi raqamli tarmoqlar — ISDN, Internet, GSM yoki 
boshqa UMTS tarmoqlari bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi. 
UTRAN nomini olgan UMTS standarti radioulanish tarmog‘i 
“Tizimlarning ochiq o‘zaro ishlash” modelining 
(ingl. Open Sys-
tems Interconnection — OSI)
uchta quyi sathlarida ishlaydi, ular-
dan eng yuqorisini (uchinchi, tarmoq sathini) radioresurslarni 
boshqaruvchi tizim protokollari (RRC protokoli) tashkil etadi. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin