Raqamli mobil aloqa


IS-95 standarti MS ning xususiyatlari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   289
Raqamli mobil aloqa

IS-95 standarti MS ning xususiyatlari.
IS-95 standarti uchun 
ishlab chiqarilgan MS ikki rejimli hisoblanadi. Ya’ni CDMA 
tarmog‘idan boshqa mavjud chastotali modulyatsilashtirilgan 
analogli standartlar (AMPS) tarmoqlari bilan ham aloqa 
o‘rnatish imkonini beradi. Bu esa CDMA abonentlariga jiddiy 
afzallik tug‘diradi, chunki mavjud sotali analog tarmoqlar 
ta’minlagan radioqamrov joyda ham MSdan foydalanish 
imkonini beradi. Bunday MS larning o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, mavjud analog standartli stansiyalarga 
signallarni raqamli ishlov berish funksiyalari qo‘shilgan. 
Qualcomm firmasining IS-95 standartida bu funksiyalar bitta 
qurilmaga konstruktiv jihatdan birlashtirilgan uchta buyurtmali 
SBISda amalga oshirilgan. 


215
CDMA texnologiyalarining signallarini efirdan qidirib topish 
masalasiga kelsak, ularning yuqori kriptochidamliligi va shovqinlar 
ostida yashirinligi tufayli bu vazifa juda murakkab hisoblanadi. 
Shunisi qiziqki, kriptochidamlilik, xalaqitga chidamlilik 
va xalaqitdan himoyalanish kabi sifatlarning birligi hamda 
akkumulyator batereyasi sig‘imining energiyasi kam sarf bo‘lishini 
hisobga olgan holda CDMA texnologiyasini xavfsizlik kuchlari, 
muassasalari ehtiyojlari uchun qo‘llash maqsadga muvofiqligini 
ko‘rsatadi.
WCDMA standarti
WCDMA 
(Wideband Code Division Multiple Access)
– 
keng polosali, kod bo‘yicha ajratilgan kanallar orqali ko‘p 
stansiyali foydalanishdir. WCDMA tarmoqlari mavjud GSM 
tarmoqlari ustidan quriladi. Bunda tarmoqlar parallel ravishda 
ishlaydi: tarmoqning eski foydalanuvchilari GSM tarmog‘idan 
foydalanashadi, yangilari esa sharoitga qarab, GSM yoki 
WCDMAdan foydalanishadi. Abonent terminali tarmoqlar 
o‘rtasida avtomatik ravishda o‘zgartiriladi, buning ustiga bir 
tarmoqdan boshqa tarmoqqa o‘zgartirish aloqani uzmasdan turib 
amalga oshirish mumkin. WCDMAning GSMga qaraganda 
bosh afzalligi ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishdir, nazariy 
jihatdan 2 Mbit/s gacha amalda erishib bo‘ladigani 384 kbit/s 
(solishtirganda maksimal nazariy erishiladigan tezlik PRS 
155 kbit/s hisobiga 64 kbit/s, amalda erishiladigani 48 kbit/s). 
Bundan tashqari mobil videotelefonli aloqa va mobil terminalga 
to‘laqonli audio va videofayllarni yuklash imkoniyatlari mavzuda 
WCDMAning qo‘llanilishi telefon narxini oshiradi. Bugungi 
kunda O‘zbekistonda uchinchi avlod tarmoqlari test rejimida va 
cheklangan territoriyada ishlaydi.
UMTS 
(Universal Mobile Telecommunication Systems).
Uni-
versal mobil telekommunikatsiya tizimlari bu 3G ni Yevropadagi 
Telekommunikatsiya Standartlari Instituti (ETSI) tomonidan 


216
ishlab chiqilgan standartlardan biridir. Bugungi kunda mobil 
aloqaning rivojlanishini aniqlovchi asosiy omil ovozli telefondir. 
GPRS va EDGE larning yuzaga kelishi, keyin UMTS ga o‘tishi 
ovozli aloqadan tashqari ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l 
ochib berdi. UMTS – bu ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni, 
mobil internet, Internet va multimediya asosida turli qo‘shimcha 
imkoniyatlarni taqdim etadi. UMTS uchun keng polosani kod 
bo‘yicha ajratishlar bilan ko‘p stansion foydalanishning (WCDMA) 
asosiy texnologiyasi hisoblanadi. 1998-yili sentyabr oyida 
Yevropa telekommunikatsiyalar standartlari instituti tomonidan 
taqdim etilgan bunday revolyutsion radioaloqa texnologiyasi shu 
davrgacha to‘plangan 3G ning barcha multimedia xizmatlarini 
amalda bajara oladi. 
WCDMA/UMTS tizimlari GSMning takomillashgan tarmog‘i 
va WCDMA texnologiyalari bo‘yicha radiointerfeysni o‘z ichiga 
oladi. Mobil abonent uchun radiokanalda uzatish tezligi 2 Mbit/s ga 
yetadi. WCDMA 2GGs chastotali diapazonda ishlaydigan tizimlarda 
qo‘llaniladi, bu esa ushbu texnologiyaning barcha afzalliklaridan to‘liq 
foydalanish imkonini beradi. Masalan, 5 MHz kenglikdagi bittagina 
asosiy WCDMA 8 Kbit/s gacha bo‘lgan tezlikdagi uzatishlarni talab 
qiluvchi aralash xizmatlarni taqdim qiladi. Mobil terminallar esa 
WCDMA bilan birlashib, ITU tavsiyalariga asosan baravariga bir 
necha xizmatlar bilan ishlashi mumkin. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin