Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   289
Raqamli mobil aloqa


AAA
avtorizatsiya, autentifikatsiya va hisob markazi;

HLR
— uy abonentlari registri;

VLR
— mehmon abonentlar registri.
MC
Tashqi tarmoq
Tayanch stansiyasi
Transifer
Kontroller
Kommutatsiya
tuguni
ISDN
UFTT
HLR
AAA
VLR
PDSN
PCF
Internet
13.1-rasm. 
CDMA-2000 tarmog‘ining soddalashtirilgan sxemasi.
CDMA-2000
tizimlarining arxitekturasi tahlil qilinganda, 
PDSN
- ma’lumotlarni paketli uzatish tayanch tarmog‘i UMTS 
tarmog‘idagi SGSN tuguni o‘rniga ishlatilishini ko‘rish mumkin. 
Yana bir farq shundaki, CDMA-2000 tizimida AUlar mobilligini 
boshqarish uchun UMTS kabi HLR registri emas, balki Mobile 
IP protokolining kengaytirilgan versiyasi ishlatiladi (ya’ni, IP pro-
tokoli bilan moslashtirilgan). Bu esa, yangi mobil aloqa tarmoqla-
rini, asosan, mobil Internet ilovalari va xizmatlariga yo‘naltiril-
ganligini hisobga olganda, CDMA-2000 tizimlarining shubhasiz 
afzalligi hisoblanadi. Shu bilan birga, UMTS va CDMA-2000 
tizimlarida ommaviy foydalanish telefon tarmoqlariga va ma’lu-
motni paketli uzatish tarmoqlariga ulanishda o‘xshashlik mavjud.


220
13.3. CDMA-2000 standarti uchun radiochastota spektri
CDMA-2000 tarmoqlarini mobil aloqa tizimlari uchun ajratil-
gan deyarli barcha chastota diapazonlarida qurish mumkinligi tu-
fayli radiochastotalardan foydalanish masalasida katta moslashuv-
chanlik mavjud.
CDMA-2000 tizimlari cdmaOne (IS-95) tarmoqlari vorisi si-
fatida yaratilgani tufayli, ularni 800MGs va 1900MGs diapazon-
laridagi chastotalarni qo‘llab-quvvatlashi asosiy talablardan bo‘ldi. 
Shu bois CDMA-2000 operatorlari o‘z tarmoqlarini qurishlarida 
sarmoya masalasida katta afzalliklarga ega bo‘ldilar. 
AQSH aloqa ma’muriyatining “3G tizimlarining yashov-
chanligini baholash” 
(ingl. 3G Viability Assessment)
nomi bilan 
ham yuritilgan yangi rejasi 2004-yilga kelib 1710—1770MGs 
va 2110—2170MGs diapazonlarida qo‘shimcha chastotalar 
ajratilish g‘oyasini olg‘a yuritdi. Natijada 3G tizimlari uchun 
(xususan, CDMA-2000 uchun) 1710–1755MGs diapazonda 
45MGs va 2110–2150 MGs diapazonda 40MGs kenglikdagi po-
losalar ajratildi. 
Shuningdek, CDMA-2000 tizimlari ko‘plab davlatlarda NMT-
450 birinchi avlod tarmoqlarining “munosib o‘rinbosarlari” bo‘ldi 
va ularning chastota diapazonini o‘zlashtirdi.
Shunday qilib, zamonaviy CDMA-2000 tarmoqlari asosan 
quyi dagi diapazonlarda ishlatiladi:
• 850MGs va 1900MGs (asosan AQSHga xos) – dunyodagi 
barcha tarmoqlarni 87 foizi ushbu polosalarda ishlaydi;
• 450MGs, 1700MGs, 2100MGs (dunyo miqyosida) – tarmoq­
larning qolgan 13 foiziga mansub. 
Misol uchun, janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida ko‘plab CDMA-
2000 tarmoqlari “yuqoriga” kanalda 825–832,5 MGs va “pastga” 
kanallarda 870–877,5MGs (FDDda ikkita 7,5MGs lik polosalar) 
chastotalardan foydalanadi. Rossiyada CDMA-2000 tarmoqlari uchun 
828–831MGs va 873—876MGs chastota bo‘yicha ajratilgan polo-
salar juftligi ishlatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bizning respub-


221
likamizda 450MGs (453MGs–457,4MGs / 463MGs–467,4MGs) 
va 800MGs (835,02MGs–844,98MGs) chastota diapazonlarida 
CDMA-2000 standarti asosida ikki tarmoq ishlab kelmoqda.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin