Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. Hozirgi vaqtda dunyoda qancha 3G standartlari (standartlar 
oilasi) mavjud? 
2. W-CDMA texnologiyasining asosiy xarakteristikalarini kel-
tiring. 
3. UMTS standartining asosiy kamchiliklari nimada? 
4. CDMA-2000 standarti asosidagi sotali aloqa tizimlarining 
evolyutsiyasi. 
5. FOMA standartining asosiy xarakteristikalari.


225
14-bob. LTE STANDARTINING
RIVOJLANISH TARIXI
14.1. 3GPP Long Term Evolution (LTE)
3GPP Long Term Evolution (LTE) — mobil aloqa protokoli 
bo‘lib, kelajakda ma’lumotlar uzatish tezligiga bo‘ladigan ehtiyoj-
ni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish bo‘yicha 
3GPP loyihasi hisoblanadi. Ushbu takomillashtirish natijasida, 
misol uchun, aloqa samaradorligini oshirish, tarmoqlarni tash-
kil etishdagi xarajatlarni kamaytirish, taqdim etiladigan xizmat-
lar darajasini mukammallashtirish va kengaytirish, shuningdek, 
mavjud mobil va keng polosali aloqa protokollari bilan o‘zaro 
hamkorlikni ta’minlab berish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 3GPP 
LTE standartida ma’lumot olishning nazariy tezligi 326,4Mbit/
sek, uzatishning tezligi esa, 172,8Mbit/sek gacha etishi mumkin.
LTE standartiga 2004-yilda asos solingan. Asosiy maqsad 
UTRA radioulanish (UMTS standartida foydalaniladigan) ar-
xitekturasini optimizatsiyalash hamda 3GPP loyihasidagi uchin-
chi avlod tizimlaridan to‘rtinchi avlod tomon rivojlanishni 
ta’minlab berishga qaratilgan edi. Tadqiqotlarning boshlang‘ich 
bosqichidagi asosiy maqsadi ma’lumotlarni yuqori tezlikda uza-
tishni ta’minlab bera oladigan fizik darajadagi texnologiyani bel-
gilab olish edi. Asosiy variant sifatida ikki yo‘nalish taklif etildi: 
yo mavjud W-CDMA texnologiyasi asosidagi radiointerfeysni 
rivojlantirish yoki OFDM texnologiyasi asosida ishlaydigan bu-
tunlay yangi radiointerfeysdan foydalanish. Olib borilgan tad-
qiqotlar natijasida ushbu masalaning yagona yechimi OFDM 
texnologiyasidan foydalanish bo‘ldi. LTEning ilk spetsifikatsi-
yalari “3GPP ettinchi relizi” doirasida yaratilgan edi 
(ingl. 3GPP 
Release 7)
. 2008-yilning dekabr oyiga kelib, LTE tizimlariga 
qo‘yiladigan arxitekturaviy hamda funksional talablarni belgilab 
beradigan 3GPP standartlarining 8-relizi 
(ingl. 3GPP Release 8)
tasdiqlangan edi (14.1-rasm).


226

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin