Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   289
Raqamli mobil aloqa

14.1-rasm.
LTE texnologiyasi rivojlanishining asosiy bosqichlari.
3GPP loyihasi arxitektura tizimi bo‘yicha SA WG2 ishchi 
guruhi parallel ravishda “Tizim arxitekturasining evolyutsiya-
si” – SAE 
(ingl. System Architecture Evolution)
ni ishlab chi-
qish bo‘yicha o‘zining alohida tadqiqotlarini olib bordi. Ush-
bu guruhning asosiy maqsadi — 3GPP tizimini rivojlantirish 
yoki ma’lumot uzatish tezligini yanada oshirish, javob vaqtini 
kamaytirish, ma’lumotlarni paketlab uzatish kabi imkoniyat-
larga ega hamda turli radioulanish texnologiyalarini – RAT 
(ingl. Radio Access Technology)
qo‘llab-quvvatlaydigan tizim-
lar strukturasini ishlab chiqish edi. SAE arxitekturasi ustida 
ishlar “3GPP tizimlari arxitekturasini rivojlantirish” shiori 
ostida 2004-yilning dekabr oyidan boshlangan edi. 2007-yil-
da “E-UTRA” deb nomlangan 3-avlod radioulanish tex-
nologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli loyihasi 
texnik-iqtisodiy asoslash bosqichidan, ilk ma’qullangan tex-
nik spetsifikatsiyalar bosqichiga o‘tdi va 2008-yilning oxiriga 
kelib, texnologiya tijorat maqsadlarida foydalanishga tayyor 
bo‘ldi. 
Shu sababli mutaxassislar 3GPPning yangi standarti va yan-
gi arxitektura tizimiga nisbatan ko‘pincha LTE/SAE terminini 
qo‘llashadi.


227
14.2. LTE standarti haqida umumiy ma’lumotlar
Keng polosali mobil aloqa turi tez su’ratlarda hayotimiz-
ga kirib kelmoqda. Ericsson kompaniyasining hisobiga ko‘ra, 
2011-yilda keng polosali aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar 
soni 1,5 mlrd ga etgan va ularning yarmidan ko‘pi aloqaning 
mobil variantidan foydalanishmoqda. Shuningdek, kompani-
yaning fikricha, 2015-yilga kelib, mobil keng polosali ulanish 
xizmatidan foydalanuvchilar soni 3,8 mlrd ni tashkil qilishi, 
shundan 95 foizi esa HSPA, SDMA va LTE tarmoqlaridan 
foydalanishi kutilmoqda. 
Bugungi kunda mobil tizimlar xizmatlari foydalanuvchilari:

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin