Raqamli mobil aloqa


• barcha texnologiyalar bilan ulanish uchun umumiy tayanch  nuqtasi va shlyuzlardan foydalanish; •



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   289
Raqamli mobil aloqa


barcha texnologiyalar bilan ulanish uchun umumiy tayanch 
nuqtasi va shlyuzlardan foydalanish;

abonent sathida qulayroq bo‘lgan arxitekturadan foydala-
nish — tarmoq darajalari sonini qisqartirish (to‘rttadan ikkitaga 
tushirish — tayanch stansiyalar va shlyuzlar);

barcha interfeyslar IP protokoli asosida quriladi;

radioulanish va kommutatsiya funksiyalarining ajratilishini 
W-CDMA/HSPA texnologiyalaridagi kabi tashkil qilish;

boshqaruv va abonent sathlarini mobillikni boshqaruv moduli 
va shlyuz orasida bo‘linishi;
• IP protokol yordamida 3GPPga taalluqli bo‘lmagan radiou
-
lanish texnologiyalari bilan o‘zaro ishlash.
Ko‘rinib turganidek, LTE standarti oldiga funksionallik jihatidan 
bir qator yuqori darajadagi talablar qo‘yilgan.Ular orasida fizik 
sathda ortogonal chastotali multiplekslash — OFDM, ko‘p sonli 
qabul qilish/ko‘p sonli uzatish antenna tizimlari — MIMO ham-
da “intellektli” antennalar kabi texnologiyalarni tatbiq etishlardir. 
Shunday qilib, LTE standarti oldidagi vazifalar ancha jiddiy va ular 
asosan quyidagilardan iborat: soddalashtirilgan infratuzilma hamda 
abonent qurilmalarini yaratish; mavjud tizimlarda ishlatilgan radio-
chastotalar bilan bir qatorda, yangi chastota diapazonlarini qulay 
ravishda o‘zlashtirish; 3GPP va 3GPP-2 oilalariga mansub bo‘lgan 
boshqa radioulanish texnologiyalari bilan o‘zaro ishlay olish.
14.3.1. LTE tizimlari funksionalligiga qo‘yiladigan talablar
E-UTRA radioulanish texnologiyasi turli xil xizmatlarni amalga 
oshirish, shuningdek, Internetda ishlash, FTP fayllari bilan o‘zaro 


232
almashish, videoaloqa, IP bo‘yicha ovoz (VoIP), tarmoq o‘yin-
lari, “jonli” video, “push-to-talk” hamda “push-to-view” kabi bir 
qator xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, LTE tayanch 
stansiyalari va abonent qurilmalarida ma’lumot uzatish tezligi ye-
tarli darajada yuqori bo‘lishi kerak hamda funksionallikning asosiy 
mezoni sifatida javob kechikish vaqti qisqa bo‘lishi zarur. 14.1-jad-
valda LTE texnologiyasiga qo‘yilgan bir qator talablar keltirilgan:
LTE tizimi uchun maksimal o‘tkazish polosasi uzatish va qa-
bul qilishda 20MGs bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida, xizmat 
ko‘rsatuvchi provayderlar 14.1-jadvalda sanab o‘tilgan istalgan 
kenglikdagi kanallardan birini tanlashlari mumkin. Bu esa, pro-
vayderlarga ularda mavjud radiochastota resurslariga qarab, o‘z 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda abonentlarga xizmatlar tak-
lif etish imkoniyatini beradi va bosqichma-bosqich radiochastota 
resurslarini ko‘paytirgan holda o‘z tarmoqlarini kengaytirishlarini 
ta’minlaydi.
14.1-jadval

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin