Shaffof retranslyatorlar. Uzatishda keng polosali va tor po-
losali signallar (Intelsat, Eutelsat va boshqa)dan tijorat foyda-
lanuvchi retranslyatorlarning ko‘pchiligi orqali, tashkil qilish-
ning ishlov bermasdan
(bent pipe – “to‘g‘ri tuynik”) an’anaviy,
ko‘proq sodda va keng tarqalgan sxemasi bo‘yicha quriladi.
Har bir retranslyatorga bitta yoki har xil antennalarga ulangan
bir nechta qabul qiluvchi uzatuvchi apparaturalar komplekti
o‘rnatilishi mumkin. Yo‘ldoshli aloqaning alohida qabul qiluv-
chi – uzatuvchi kanali stvol yoki tranponder (transponder) deb
ataladi.
Zamonaviy geostatsionar (geostatsionar) kosmik aloqa kom-
plekslarda stvollar soni 50 gacha yoki undan ham ko‘p bo‘lishi
mumkin, shuning uchun retranslyator yuqori darajada o‘tkazish
imkonini yaratib beradi. 15.1-jadvalda misol tariqasida geoko‘ch-
mas KAlar uchun retranslyatsion majmualarning asosiy ko‘rsat-
kichlari keltirilgan.
Shaffof retranslyatorlarning asosiy avzalliklari apparatlari ning
ishlashi soddaligi hisoblanadi, chunki ularda oraliq chastota-
da demodulyatsiyasiz, kanallarni filtrlamasdan signallarni faqat
guruhli qayta tuzish amalga oshiriladi. Lekin ularning bir qa-
tor kamchiliklari ham mavjud. Gap shundaki, yerdagi bir necha
stansiyalarning ishlashida chastotalarning keng polosasida albatta
chiziqsiz effektlar yuzaga keladi, bu esa kuchsiz signalning kuch-
li signal tomonidan bosilishga, shuningdek parazitli amplitudali
modulyatsiyalashning o‘zgarishi inter modulyatsion xalaqitga olib
keladi.
Chiziqsiz effektlarning kattaligini kamaytirish uchun shaffof
retranslyatorlarda kvazi chiziqli tartibda ishlatiladigan uzat-
gichlar qo‘llaniladi. Shu bilan birga bu chora hamma vaqt
ham yetarli hisoblanmaydi, chunki ishchi polosada hatto bit-
tagina kuchli “xalaqit beruvchi” signalning paydo bo‘lishi re-
translyator apparatining butunlay ishlamasligiga olib kelishi
mumkin.