247
Paketli ishlov berishning asosiy afzalligi “yuqoriga” va “pastga”
liniyalarda asimmetrik kanallardan foydalanish imkoniyatining
mavjudligidir, ya’ni interaktiv tartibda qo‘llaniladi.
Axborotlarga paketli ishlov berishni bortda amalga oshirsa,
marshurtlovchi retranslyator ko‘proq murakkablashadi. Bun-
day turdagi retranslyatorlar big LEO (Iridium) yoki mega LEO
(Teledesic) turidagi KA asosida qurilgan yo‘ldoshlararo aloqa
chiziqlari va tugunli topologiyali tizimlarda qo‘llaniladi. Ular-
da kanallarni dinamik qayta tarqatish (marshurtlash) bevosita
retranslyatorda amalga oshiriladi va IP (Jridium) protokolida
asoslanadi.
Axborotlarga noreal vaqtda ishlov beruvchi retranslyatorlar.
Mintaqaviy stansiyalar (masalan, dengiz kemasi bortida) xizmati
doirasidagi tashqarida bo‘lib qolgan, uzoqlashtirilgan foydalanuv-
chilar uchun little LEO turidagi KA yo‘ldoshli tizimlarda boshqa
abonentlari bilan kosmik “pochta qutisi” orqali aloqa imkoniyati
ko‘zda tutiladi.
Elektron “pochta qutisi” tartibidan aloqa quyidagicha tashkil
qilinadi. Abonent o‘zining xabarlarini radio ko‘rinish maydoni-
da hech bo‘lmaganda bitta KA paydo bo‘lganda uzatishi mum-
kin. Yo‘ldosh ushbu xabarni qabul qiladi va bortdagi ZU (pochta
qutisi)ga yozib qo‘yadi. Oluvchiga axborotni mazkur KA uning
mintaqasiz yetib borishi bilan jo‘natadi. Transport protokollari
abonentlik terminallarida bitta xabarga tegishli paketlarni yig‘ish-
ni ta’minlaydi, bu paketlarni yetkazish marshruti va uni tashishda
ishtirok etgan KA va yerdagi bog‘lovchi stansiyalar soniga bog‘liq
bo‘lmaydi.
LTE tizimida fizik darajaning tashkil etilishi (radiointerfeys)
va MIMO texnologiyasining qo‘llanilishi haqida keyinroq batafsil
to‘xtalib o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: