249
16-bob. EMM DARAJASIDA AU NING
MOBILLIK HOLATLARI
16.1. EMM darajasida AUning mobillik holatlari.
Noaktiv holatdagi mobillik
AUlarining mobilligik boshqaruvi “uy” va mehmon sotalarda
ishlatiladigan radiotexnologiyalarga, AUni mobil holatiga va ax-
borot jo‘natiladigan OTO‘ darajasiga asoslangan holda klassifikat-
siya qilinadi.
LTE tarmoqlarida soddalashtirilgan ko‘rinishda AU, mobillik
nuqtayi nazaridan, 16.1-rasmda ko‘rsatilganidek, uch holatdan
birida bo‘lishi mumkin: “Ulanmagan LTE”
(ingl. LTE Detached)
,
“Noaktiv LTE”
(ingl. LTE Idle)
, va “Aktiv LTE”
(ingl. LTE Ac-
tive)
holatlari.
Bunda
“Ulanmagan LTE”
, odatda, o‘tkinchi holat bo‘lib, u
AUni endi yoqilib tarmoqni qidirish va unga ulanish jarayonida
bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
“Aktiv LTE”
holatida AU tarmoqqa ulan-
gan va RRC darajasida eNB tugunida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi.
Bu holatda AU qaysi sotaga bog‘langani ma’lum bo‘lib, u bilan
ma’lumot ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
“Noaktiv LTE”
AU quv-
vatini tejash holatiga mos bo‘lib, bu holatda AU ma’lumot pa-
ketlarini uzatmaydi ham, qabul ham qilmaydi. Bu holatda AUga
tegishli kontekstlar eNB tugunida saqlab qolinmaydi, chunki AU
ning territorial joylashuvi faqatgina MME moduliga ma’lum, u
ham bo‘lsa bir necha eNB tugunidan iborat bo‘lgan “kuzatuv zo-
nasida” – TA
(ingl. Tracking Area).
MME moduliga AUni oxirgi
marta ulangan TA zonasi ma’lum bo‘ladi va AUning joylashuvini
aniqlash uchun qisqa xabar – peydjing yuboriladi.
Batafsilroq ravishda AUning mobillik holatini MME modulida
saqlanuvchi axborotga qarab ikki darajaga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: