Raqamli mobil aloqa


Hisob-kitob operatsiyalari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   289
Raqamli mobil aloqa

18.2. Hisob-kitob operatsiyalari
Hisob-kitob operatsiyalari blokida: iste’molni aniqlash (misol 
uchun, kommutatordan qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lu-


276
motlarni olish, kommutatsion qurilmadan sarf qilingan trafik 
to‘g‘risida ma’lumotlarni olish va ularga ishlov berish, mediat-
siya tizimidan ma’lumotlar olish); iste’molni baholash (iste’mol 
haqidagi ma’lumotlarning hisob-kitob ko‘rsatkichlarini aniqlash); 
baholarni birlashtirish (agregatsiya) va abonentlarga ishlatilgan 
xiz matlari uchun hisob yozishni tashkil qilish, soliqlar, chegir-
malar va qo‘shimchalarni hisoblash, xatolarni to‘g‘irlash, to‘lov 
uchun hisob varaqalar yaratish, to‘lov hisob-kitoblarini abonent-
larga yetkazish yoki ma’lum qilishni ta’minlash, abonentlarning 
shaxsiy hisob raqamlarini boshqarish va shu kabi boshqa qator 
funksiyalar amalga oshiriladi.
Hisob-kitob operatsiyalari bloki telekommunikatsiya xizmatla-
rining turiga hamda abonentlar bilan o‘zaro munosabatlar mode-
liga qarab turlicha tashkil etilishi mumkin. Xususan, “oldindan 
to‘lash” 
(ingl. Prepaid)
yoki “fakt asosida to‘lash” 
(ingl. Postpaid) 
modellari ajratiladi. 
Oldindan to‘lash
(Prepaid) – abonentlar bilan hisob-kitobni 
amalga oshirish modeli bo‘lib, aloqa xizmati operatori abonent 
hisob raqamiga oldindan to‘lovni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 
Bu kabi tizimlarda hisob-kitob real vaqt asosida amalga oshirila-
di. Bunda abonentga operator tomonidan o‘rnatilgan eng kam 
miqdor mavjud bo‘lib, abonent hisobida qolgan pul ungacha ka-
maysa, xizmat ko‘rsatish rejimi o‘zgarishi (yoki to‘liq to‘xtatilishi) 
mumkin. Abonent hisobidagi mablag‘ miqdori, ijobiy balansning 
davomiyligi, tushayotgan to‘lovlarning miqdori va doimiyligi —
operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, miqdori 
va hisobi uchun tarifikatsiya parametrlari bo‘lib xizmat qiladi. 
Oldindan to‘lash modeli “issig‘idagi billing” deb ham ataladi. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin