Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. To‘rtinchi avlod mobil aloqa (4G) tizimlariga tavsif bering.
2. 4G avlod tarkibiga qanday texnologiyalar kiradi (yoki kirishi 
taxmin qilinmoqda)?
3. To‘rtinchi avlod texnologiyalarining uchinchi avlod tex-
nologiyalaridan asosiy farqlari nimada?
4. 4G tarmoqlarida qanday ko‘p sonli ulanish (kanallarni mul-
tiplekslash) texnologiyasi, qanday modulyasiya usullari va anten-
na texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan? 
5. Dunyoning turli mintaqalarida 4G tarmoqlarining hozirgi 
rivojlanish holati qanday?
6. 4G tarmoqlarida qanday ilovalarga imkoniyat yaratiladi? 4G 
tizimlarida qanday kontentdan foydalanish ko‘zda tutilgan? 


26
2-bob. GPRS UMUMIY PAKETLI RADIOALOQA 
TIZIMLARI
2.1. Harakatdagi radioaloqa GPRS tizimlari rivojlanishining 
tavsifi va tarixi
Harakatdagi radioaloqa GPRS tizimlari (HRT) hozirgi vaqt-
da taqdim etiladigan xizmatlar sifati va hajmining kengaytirili-
shi hisobiga, ularning ommaviylashishi va foydalanuvchilarning 
individual talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin sur’atlarda 
rivojlanmoqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud 
tarmoqlarning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq 
infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq yangi texnik yechimlar-
ning ishlatilishi hisobiga ta’minlanadi. O‘z o‘rnida HRT tizimlari 
ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat jarayon-
larini boshdan kechirmoqda. Shu asnoda, ba’zi bir xizmat tur-
lari o‘z umrini o‘tab sahnadan ketmoqda (masalan, “peydjing” 
personal radiochaqiruv tizimlari), boshqalari o‘zining funksional 
imkoniyatlari bilan alternativ xizmatlarga yaqinlashib bormoqda 
(masalan, sotali va tranking aloqalar), uchinchi holatda esa, bir 
xizmat ikkinchisining bozorini qamrab olmoqda (masalan, so-
tali va yo‘ldosh aloqa tizimlari) va hokazo. “Xohlagan xizmat-
ni” (ya’ni, nutq, ma’lumot, multimedia xizmatlari), “xohlagan 
joyda” (global ko‘lamlarda) va “xohlagan vaqtda” (ishda, uyda, 
dam olishda, yo‘lda) taqdim etishga qodir bo‘lgan ko‘p qamrovli 
aloqa tizimining konsepsiyasi bugungi kunda muayyan qirralarga 
ega bo‘lmoqda. Lekin yangisini qurish uchun eskisini bilish zarur 
bo‘lgani kabi, bu tizimlarda bugungi kunda amalga oshayotgan 
jarayonlarni yaxshi tushunish uchun HRT tizimlarining tug‘ilish 
manbalari va rivojlanishini yodga olish ham foydadan xoli emas. 
Shu maqsadda mazkur bobda o‘z rivojlanishini davom ettirayot-
gan HRT tizimlariga qarashli professional mobil aloqa (tranking), 
sotali aloqa, yo‘ldoshli aloqa va simsiz telefoniya radioaloqa tur-
lari bilan tanishib chiqamiz. 


27

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin