Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Fakt asosida to‘lash
(Postpaid) – hisob-kitob modeli bo‘lib, 
bunda operator abonent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ol-
din xizmat ko‘rsatadi, so‘ng tarifikatsiya qiladi va to‘lov uchun hi-
sob chiqaradi. Tarifikatsiya hamda hisoblash jarayoni doimiy-re-
jali bo‘lib, odatda shartnomada keltirilgan kalendar vaqt oralig‘ida 
(ko‘pincha oylik, kamdan-kam hollarda haftalik, choraklik, yillik) 


277
amalga oshiriladi. Abonent hisob varaqada ko‘rsatilgan mablag‘ni 
shartnomada keltirilgan vaqt oralig‘ida to‘lashi shart. To‘lov o‘z 
vaqtida amalga oshirilmasa, abonentga debitor qarzdorligi uchun 
shartnomada keltirilgan tartibda choralar ko‘riladi. 
Axborot xizmatlarini ko‘rsatish
Axborot xizmati tariflar, cheklashlar, ehtimoliy kombinatsiyalar 
to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni hisobga olgan holda abonent-
lar, mahsulotlar va xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini 
o‘z ichiga oladi. Shuningdek, “billing” tizimining to‘liq konfi-
guratsion ma’lumotlari, hisob-kitoblar jadvali, hisoblar chiqarish, 
abonentlarni xabardor qilish, auditni hamda ma’lumotlarning es-
kirishini sozlash, abonentlarning belgilangan xarakteristikalarini 
boshqarish kabi funksiyalar ham kiradi.
Moliyaviy xizmat ko‘rsatish
Moliyaviy xizmat ko‘rsatish to‘lovlarga ishlov berish, ularni hi-
soblangan miqdorini ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori bilan solishti-
rish (“kvitovka”), abonentlarning debitor qarzlarini nazorat qilish 
va undirish hamda soliq solish bo‘yicha ma’lumotlarni boshqarish 
kabi funksiyalarni amalga oshiradi. 
18.3. LTE tarmoqlarida “billing”ni tashkil etish asoslari
LTE tarmoqlarida ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatishda tari-
fikatsiya hamda abonentlarga xizmat ko‘rsatish siyosatini boshqa-
rish masalalari yuqori ahamiyat kasb etadi. Bu esa foydalanilayot-
gan mobil trafik hajmining keskin ortishi hamda turli xildagi keng 
polosali xizmatlarning konvergensiyasi bilan bog‘liq. Internetga va 
boshqa axborot resurslariga istalgan kanal yordamida yuqori tez-
likda va sifatli ulanish imkoniyati abonentlarning asosiy talablari-
dan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda iste’mol qilinayotgan 


278
trafik darajasi operatorlar tomonidan tezlik hamda trafik hajmi-
ga cheklovlar kiritish hisobiga boshqarib turilibdi, lekin bu kabi 
uslub lardan uzoq vaqt foydalanib bo‘lmaydi va bu mobil keng 
polosali xizmatlarning umumiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Turli xil aloqa xizmatlarining konvergensiyasi natijasida ho-
zirgi kunda operatorlarga universal hisoblash tizimlari yanada 
dolzarb bo‘ladi. Bunday hisoblash tizimlari almashilgan trafik 
asosida hisob-kitob qiluvchi an’anaviy ovoz va ma’lumot uza-
tish xizmatlari ni qo‘llab-quvvatlashi hamda yangi, asli ma’lu-
mot uzatish tarmoq 
larida asoslangan va ularning uzluksiz 
qismi bo‘lgan xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim bo‘ladi. 
Multiservis (ko‘p sonli xizmatlar) sharoitida va turli xil hi-
soblash modellari asosida abonentlar so‘zlashuvlarini hamda 
trafiklarini hisoblashga mo‘ljallangan yagona “billing” xizma-
ti “konvergent billing” nomini oldi. Oddiy misol – “Triple 
Play” xizmatlari, ya’ni foydalanuvchilarga “bir paketda” ham 
ma’lumot uzatish, ham telefoniya, ham televi denie xizmatla-
rini ko‘rsish. Murakkabroq misollar – bu “bulutli xizmatlar” 
(IaaS, SaaS), o‘zaro joylashuvi uzoqroq bo‘lgan yirik kor-
porativ mijozlar uchun VPN tarmoqlarini tashkil qilish va 
boshqalar.
Bu kabi masalalarni hal etishda yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek
3GPP loyihasida LTE/SAE arxitekturasiga xizmat ko‘rsatish si-
fatini moslashuvchan boshqara oladigan hamda to‘rtinchi avlod 
yangi xizmatlarini ko‘rsata oladigan yangi funksional elementlar 
qo‘shimcha ravishda kiritildi. Xususan, bu funksional elementlar 
LTE tarmog‘ida quyidagi vazifalarni bajaradi:

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin