Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   289
Raqamli mobil aloqa

18.1-rasm.
LTE tarmog‘ida RSS funksiyasini ishlash prinsipi 
(videokontent uzatish misolida).
Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, RSS funksiyasi tarifikatsiyani 
dinamik ravishda boshqaradi hamda har bir abonent uchun mus-
taqil ravishda yoki hatto alohida ma’lumotlar oqimi bo‘yicha ham 
alohida QoS darajalarini boshqaradi.


281
LTE tizimlarida “billing” xizmati tashkil etilishini ko‘rib chi-
qishda LTE tarmoqlarini joriy etish bosqichma-bosqich (quyida-
gi fazalar asosida) amalga oshirilishi rejalashtirilganligiga alohida 
e’tibor qaratish lozim, xususan: 

1-faza: faqat ma’lumotlar uzatish tashkil qilingan LTE tarmog‘i;

2-faza: ma’lumotlar uzatishga qo‘shimcha ravishda IP 
bo‘yicha ovoz uzatish tashkil qilingan LTE tarmog‘i (VoIP yoki 
VoLTE);

3-faza: to‘liq IP-arxitektura asosida qurilgan va IMS muhi-
tida ishlaydigan LTE tarmog‘i.
Tarifikatsiya va siyosatni boshqarish funksiyasining ishi ham 
shunga mos ravishda fazadan-fazaga rivojlanib borishi lozim. Ma-
salan, RSS funksiyasining 1-faza uchun vazifalari quyidagilardan 
iborat: 

PCCning barcha funksiyalari trafikning mazmuni hamda 
haj mi ilgarigiga nisbatan sezilarli darajada o‘sishini hisobga olgan 
holda takomillashtirilgan bo‘lishi lozim;

Mediatsiya tizimi hamda “onlayn” tarifikatsiya vazifalari 
(4G) paketli kommutatsiya tarmoqlari bilan (2G va 3G) kanalli 
kommutatsiya tarmoqlarining birgalikda ishlashini qo‘llab-quv-
vatlashi lozim;

Mavjud mediatsiya tizimi EPC-yangi tayanch tarmog‘i ele-
mentlarini qo‘llab-quvvatlashi uchun kengaytirilishi lozim;

Foydalanayotgan xizmatlarga bog‘liq holda abonentlar istal-
gan to‘lov modellarini tanlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari 
lozim (prepaid, postpaid yoki aralash (gibrid) modellar).
Ushbu vazifalar LTE tarmog‘ini boshlang‘ich evolyutsion joriy 
qilishda hamda uni daromad keltirishi uchun juda muhim hi-
soblanadi (18.2-rasm).
2-faza bosqichida kanalli kommutatsiya tarmoqlari bilan o‘za-
ro trafik almashuvi keskin qisqaradi, ammo paketli kommutatsi-
ya hajmi ortadi va RSS funksiyasiga ham o‘zgartirish kiritiladi.
VoLTE xizmatlariga o‘tish trafik turiga bog‘liq holda QoSni dina-
mik boshqarishni to‘liq kiritishni talab etadi. 


282
3-faza bosqichida radioulanish sathidagi kabi kommutatsiya 
sathida ham to‘liq IP-protokolga o‘tish amalga oshiriladi (18.3-
rasm).
Online billing tizimi
Real vaqtda baholash
Off-leyn tizimi billing
IT siyosatini va 
tarifikatsiyasini 
boshqarish
Ma’lumot uzatish
siyosatini va tarifikatsi-
yasini boshqarish +Faol
mediatsiya
Billing mediatsiyasi
SS7 sessiyalarini 
boshqarish
2G/3G
ovoz
2G/3G 
radio-ulanish 
tarmoqlari
LTE
modemli 
netbuk
LTE radio-
ulanish 
tarmoqlari
Ovoz va xabarlar
Ma’lumot
EPC

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin