18.2-rasm.
LTE tarmog‘ida RSS funksiyasining 1-faza bosqichi-
dagi ishlash sxemasi.
Ushbu bosqichda “billing” va QoSni boshqarish jarayonida
ishtirok etuvchi kontent va ilovalar serverlari keng tatbiq etiladi,
va bu, o‘z navbatida, tarifikatsiya va siyosatni boshqarish funk-
siyasida yuklama yanada oshishiga olib keladi. Va bu masalalar
ope
ratorlar tomonidan o‘zlarining LTE tarmoqlarini, xususan
RSS funksiyasini, rejalashtirishda 1-fazadan boshlab alohida e’ti-
borda bo‘lishi juda muhimdir.
Yagona IP-platformaga o‘tish tarmoqning moslashuvchan ish-
lashi, kam xarajatliligi va xizmatlarning ommabopligi (universal-
ligi) kabi qator afzalliklarni kiritish bilan bir vaqtda, tarifikatsiya
va siyosatni boshqarish, aloqa xavfsizligini ta’minlash va yangi
ilovalarni qo‘llab-quvvatlashda qator qo‘shimcha vazifalarni ham
283
yaratadi. O‘zgarishlar boshqaruv signallar (signaling) sathida ham
amalga oshadi, xususan: SIP-protokoliga qo‘shimcha LTE tar-
mog‘ida 2G, 3G va keng polosali simsiz tizimlarda foydalanila-
digan SS7, RADIUS hamda CAMEL protokollarining o‘rniga,
boshqaruv signallarini ham tarmoq ichida, ham tarmoqlararo al-
mashuvini ta’minlay oladigan yangi Diameter protokoli ishlatila-
di. Keng ma’noda, tarifikatsiya va abonentlarga xizmat ko‘rsatish
siyosatini boshqarish funksiyasi autentifikatsiya, mobillikni
boshqarish, QoS xizmatlar sifatini ta’minlash, “billing” hamda
“rouming” kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Demak, yagona
IP-platforma Diameter protokolida signal muhitining boshqaruvi,
xavfsizligi va konfiguratsiyasi qanday tashkil qilinganini aniqlab
beradi. Diameter protokoli asosida yangi ulanish texnologiyalari
yaratilganda autentifikatsiya, avtorizatsiya va turli servislarni hi-
sobga olish (AAA) xizmatlarini taqdim etish uchun keyinchalik
kengaytirish imkoniyatiga ega tayanch protokol yaratish konsep-
siyasi yotadi. Xususan, Diameter protokoli quyidagi xarakteristi-
kalarga ega:
Off-layn billing
tizimi
Onlayn billing
tizimi
Ilovalar va
kontent
serverlari
3GPP siyosatini va
tarifikatsiyani
boshqarish
IMS sessiyalarini
boshqarish
Ovoz va
ma’lumot uzatish
bo‘yicha LTE
radiointerfeysi
Radio
ulanish
tarmog‘i
Ovoz va xabarlar
Ma’lumot
EPS
Billing mediatsiyasi
18.3-rasm.
LTE tarmog‘ida RSS funksiyasining 3-faza
bosqichidagi ishlash sxemasi.
|