Raqamli mobil aloqa


-bob. ADAPTIV VA KO‘P ELEMENTLI



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   289
Raqamli mobil aloqa

19-bob. ADAPTIV VA KO‘P ELEMENTLI
ANTENNA TIZIMLARI
19.1. MIMO texnologiyasining tavsifi
Simsiz texnologiyalarni jadal ravishda rivojlanishi sababli tar-
moqlarning yuqoriroq sig‘imi va funksionalligiga bo‘lgan talablar 
yanada dolzarblashmoqda. Simsiz tarmoqlarning spektral samara-
dorligini oshirish muammosi yanada muhimlashmoqda. Hozirgi 
kunda aloqa industriyasi o‘tkazish polosasini kengaytirish, mo-
dulyatsiya mexanizmlarini takomillashtirish va kodli multipleks-
lash hisobiga spektral samaradorlikni oshiruvchi ma’lum usullar 
imkoniyatlarini deyarli to‘liq ishlatib bo‘ldi. Bunday sharoitda 
MIMO va yo‘naltirish diagrammalarni adaptiv shakllantirish kabi 
antenna texnologiyalari simsiz tizimlarni yanada takomilashtirish-
da yangi omillar deb hisoblanmoqda.
19.2. MIMO texnologiyasining tavsifi
MIMO
(ingl. Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul 
qilish – ko‘p sonli uzatish)
– yangi ma’lumot uzatish texnologi-
yasi bo‘lib, unga ko‘ra
 
dastlabki ma’lumotlar oqimi demulti-
pleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish va 
uzatish uchun 
N
sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish to-
monida esa 
M
sonli qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar 
multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi xatoliklarning soni-
ni kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha yana qaytib bir 
oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va 
signallarning fazoviy korrelyasiyasi natijasida vujudga kelishi 
mumkin (19.1-rasmga qarang).
Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir 
nechta uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda 
MIMOni ishlash tartibida ikki xil rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish 
(FA) va Fazoviy multiplekslash (FM) rejimlari.


287

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin