Raqamli mobil aloqa


LTE tizimlari uchun potensial spektr



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   289
Raqamli mobil aloqa

21.1.1. LTE tizimlari uchun potensial spektr
Yuqorida bayon etilganidek, 3GRR loyihasi tomonidan LTE 
standartini ishlab chiqish masalalari asosan 2008-yilda yakunlan-
gan va birinchi LTE tijorat tarmoqlari 2009-yilning oxiri va 2010- 
yilning boshlarida qurila boshlagan. 21.1-rasmda dunyoning tur-
li mintaqalarida LTE tarmoqlarini qurish uchun ko‘zda tutilgan 
chastotalar polosasi keltirilgan. Biroq bu so‘nggi taqsimlash emas 
va kelajakda ba’zi o‘zgartirishlar ehtimoli ham bor. 
2009
Yaponiya: 2100 MGs
Shim.Amerika
AWS 1.7/2.1 GGs
Shim.Amerika: 700 
MGs
2012+
Yaponiya: 470-85 MGs
Shim.Amerika
85 MGs
Shim.Amerika: 
1900MGs
2009—2010
Yevropa: 2.5-2.69 GGs
Yevropa: 900 MGs
Yevropa: 2100MGs
2011
Yevropa: 1800 MGs
21.1-rasm.
LTE tarmoqlarini qurish uchun ehtimoliy
chastota polosalari.
Quyidagi paragraflarda mazkur chastotalar polosalarining holat-
larini mintaqaviy kesimda diapazonlar bo‘yicha atroflicha ko‘rib 
chiqilgan.
20.1.2. 700 MGs diapazoni
700MGs diapazoni deganda ancha keng 470MGs...862MGs 
chastotalar polosasi tushiniladi. Bu nom mantiqli ko‘rinmasa-da, 
lekin u uzoq vaqt televidenie va radioeshittirish uchun ishlatilgan-
ligi sababli shunday qabul qilinib qolgan.
Televidenie va radioeshittirish ehtiyojlari uchun spektrni taq-
simlashga bag‘ishlangan birinchi konferensiya 1961-yilda Stok-
golm (Shvetsiya) shahrida o‘tkazilgan. Unda, bir tomondan, 
aholi uchun sifatli televidenie va radio signallarini taqdim etadi-


315
gan, ikkinchi tomondan, alohida davlatlar va mintaqalarda ush-
bu xizmatlarini qulay va samarali tashkil etishga xalaqit bermay-
digan uzatkich quvvatlari va chastotalar aniqlab berildi. Stokgolm 
bitimi (undan keyingilari kabi) ishtirokchi davlatlarga spektrdan 
o‘z xohishlariga ko‘ra foydalanish imkonini (qo‘shni davlatlarga 
xalaqit bermagan holda) taqdim etdi. U payt televidenie barcha 
davlatlarning qiziqish markazida edi. Shunday qilib, Stokgolmda 
milliy teleuzatish xizmatlari uchun DMT (UHF) diapazoni, jum-
ladan, 470MGs ...862MGs chastotalar polosasi tanlandi. 
Ushbu diapazon ko‘plab afzalliklarga ega. Birinchidan, bu chas-
totadagi radioto‘lqinlar to‘siqlarni biroz og‘ishi mumkin (difrak-
siya hisobiga) va, natijada, binolar ichida ham tarqaladi. Bunda 
signalni qabul qilish uchun uzatkich to‘g‘ri ko‘rinishda 
(ingl. Line 
of Sight — LoS)
bo‘lishi shart emas. Ikkinchidan, bu chastotalar 
fazoda yaxshi tarqaladi va shuning uchun signal keng hududda qa-
bul qilinadi. Shunga muvofiq holda uzatkichlar miqdorining kam 
bo‘lishi kapital xarajatlarni tejashga olib keladi. Shuningdek, qabul 
qilish antennalarining juda ixcham (detsimetr o‘lchamlarda) bo‘li-
shi ularni uy sharoitlarida ishlatish mumkinligini ham ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda Yevropada, shuningdek dunyoning qolgan kat-
ta qismida mazkur diapazonda analog televidiniyedan raqamli 
televideniega o‘tish hisobiga “raqamli dividend” nomini olgan 
RCHSning qismi bo‘shatilishiga katta umid bildirishmoqda. Bu, 
mutaxassislarning fikricha, DMT diapazonida keng polosali sim-
siz tarmoqlarni rivojlantirish uchun talay radiochastota resursini 
(nazariy jihatdan 300MGs gacha) olish imkonini beradi. Bunda 
ushbu diapazonda chastotalarni taqsimlash “global rouming” xiz-
matlarini asoslarini yaratish maqsadida va RCHSni jahon miq-
yosida (imkon qadar maksimal holatda) garmonizatsiyalash talab-
larini hisobga olgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
“Raqamli dividend”ning ma’nosi shundaki, o‘tgan asrning 
90-yillarida OFDM texnologiyasining o‘zlashtirilishi va uning 
asosida raqamli televideniening yangi DVB standartlarining ish-
lab chiqilishi bilan o‘sha ma’lum bir telesignalni kamroq quvvat-


316
li uzatkichlar va kichik chastotalar polosasini qo‘llash vositasida 
uzatish mumkin bo‘lib qoldi. OFDM texnologiyasi signalni sa-
marali kodlashni, shuningdek, shahar sharoitida oddiy teleuzatish 
uchun qayta akslanish sharoitlarida signalni sifatliroq uzatilishini 
ta’minladi. Natijada, agar 1990-yillarda bir analog telekanal o‘rni-
ga to‘rtta raqamli telekanallar haqida gapirilgan (ya’ni, bir ajratil-
gan chastota polosasida 4 multipleks) bo‘lsa, u holda hozir endi 
bitta multipleksda to‘rtta HDTV kanallari haqida gapirilmoq da. 
Shunday qilib, har bir telekanal raqamli uzatishga o‘tganida eng 
kami avval ajratilgan chastotalarning 3/4 polosasi bo‘shaydi va 
umumiy miqdorda DMT dapazoni xalqaro taqsimlashda 294MGs 
gachani tashkil etishi mumkin. Bu, albatta, juda yuqori bahoga 
ega bo‘lgan ulkan chastota diapazoni hisoblanadi.
Albatta, bu o‘rinda bo‘shatilgan chastotalarni qay tarzda 
to‘g‘ri taqsimlash masalasi o‘rtaga qo‘yiladi. Bu masala oddiy 
emas, chunki bu polosalarga da’vogarlar ko‘p: birinchidan, yangi 
telekanallarni, HDTV ni ishga tushirish va portativ uskunalar-
da qabul qilish uchun mobil TVni taqdim etish mumkin bo‘lgan 
teleuzatish xizmatlari, ikkinchidan, kam aholilik hududlarni keng 
qamrab olish uchun ular ishlatishi mumkin bo‘lgan, masalan, 3G, 
4G kabi mobil tarmoqlar va boshqa keng polosali simsiz ulanishli 
aloqa uchun bu chastotalarning juda istiqbolli ekanligi va, ni-
hoyat, mazkur chastotalar operativ radioaloqani tashkillashtirish-
da davlat xizmatlari uchun ham manfaatlidir.
Chastotani qayta taqsimlash masalasi 2006-yilda Jeneva (Shvet-
sariya) shahrida Mintaqaviy radioaloqa konferensiyasida hal etil-
di. Konferensiyada televidenieni “raqamlashtirish” natijasida 
bo‘shatilgan chastotalar, avvalo, televidenie uchun ishlatilishi 
kerakligi haqida qaror qabul qilindi va har bir davlat bu chastota 
to‘lqinlarini qo‘shni davlatlarga halal bermasdan erkin ishlatishi 
kerakligi ta’kidlandi. Amalda shunday bo‘ldiki, qaror qabul qi-
lingan bo‘lsa-da, uning amalda qo‘llanishi 2015-yilgacha, ya’ni 
ko‘pchilik Yevropa davlatlari raqamli televideniega to‘liq o‘tgunga 
qadar qoldirildi.


317
Boshqa xizmatlar tomonidan bo‘shatilgan televizion spektr-
dan foydalanishning texnik detallarini ishlab chiqish masalalari 
2007-yilda navbatdagi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi 
(BRK)da muhokama etilgan. 4-avlod mobil aloqa xizmatlari ham 
DMT diapazoniga faol da’vogarlik qilgan. Avval ta’kidlab o‘til-
ganidek, bu xizmatlar IMT-2000 va IMT Advanced dasturlari-
ni o‘z ichiga olgan IMT dasturiga kiritilgan. Bunday tarmoqlar 
uchun chastotalar diapazonini HTIga muvofiq holda butun dun-
yo bo‘yicha taqsimlash yoki hech bo‘lmaganda hududlar dara-
jasida garmonizatsiyalash tavsiya etilgan. Jonli bahslar natijasida 
BRK-07 da IMT ro‘yxatiga kiradigan mobil telekommunikatsion 
ilovalar uchun Yevropada va Afrikada spektrning 790....862MGs 
qismini berish mumkinligi haqida qaror qabul qilingan.
Shunday qilib, “raqamli dividend”ning o‘zlashtirish masala-
si global darajadagi strategik masalalar toifasiga kirdi va hozirgi 
vaqt da kun tartibidagi ancha o‘tkir masala bo‘lib turibdi. Xusu-
san, bu masala BRK-11 konferensiyasida faol muhokama etildi 
va hozirda ko‘pchilik davlatlarda bu muammoni yechish bo‘yicha 
ishlanmalar mavjud.
Masalan, AQSHda 2005-yilning o‘zidayoq raqamli televidenie-
ni rivojlantirish dasturi qabul qilingan va unga muvofiq barcha 
Amerika telekompaniyalari 2009-yilning 17-fevraligacha ana-
log uzatishdan raqamli uzatishga o‘tishni yakunlashi kerak deb 
tayinlangan. Bu esa boshqa radiostansiyalar xizmatlari uchun 
700MGs diapazonining bo‘shatilishini ko‘zda tutar edi. Ushbu 
tijorat diapazoniga ruxsatnomalar 2008-yilning aprelida auksion-
da sotilgan. Sotuvga 5 blokka bo‘lingan 62MGs lik polosa qo‘yil-
gan, jumladan: A pastki (12MGs), V pastki (12MGs), E pastki 
(juft bo‘lmagan 6MGs); S yuqoridagi (22MGs) va D yuqoridagi 
(10MGs). Bu polosalarda ajratilgan resursdan samarali foyda-
lanishga erishish mumkin, chunki past chastotali signallar zich 
inshootlar bo‘lmagan va yuqori uzatish tezliklari talab qilinma-
gan joylarda o‘z afzalliklarga ega. Yuqoridagi S blokga nisbatan 
“umumiy ulanish” qoidasi o‘rantilgan. Bu qoida shuni bildiradiki, 


318
aloqa operatorining ularga ajratilgan chastotalar polosasini “to‘liq 
egallash” yoki “bloklash”ga haqqi yo‘q. Shunday qilib, litsenzi-
ya egasi bo‘lgan operatorlar har qanday moslashgan va tarmoq-
ning ishiga zarar etkazmaydigan uskunaga (yani, polosani “to‘liq 
egallashsiz”) hamda kontentlar, ilovalar yoki tarmoq xizmatlarini 
uzatishga cheklashlar qo‘ymagan holda (ya’ni, polosani “blokla-
masdan”) tarmoqqa ulanishni taqdim etishi kerak.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin