Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   289
Raqamli mobil aloqa

2.1.2. Sotali aloqa tizimlari
Chastotalarni sotali taqsimlash asosida qurilgan, qisqartirilganda 
sotali aloqa tizimlari deb nomlangan umumiy foydalanishga mo‘ljal-
langan radioaloqa tizimlarini, so‘zsiz, MRT tarkibida eng muvaffaqi-
yatlisi deb hisoblash mumkin. Haqiqatan ham, bor-yo‘g‘i qariyb 30 
yil avval paydo bo‘lgan aloqaning bu turi o‘zining “akalarini” quvib 
o‘tib, o‘zining uchta avlodini almashtirib jahondagi eng ommaviy 
muloqot vositasi bo‘lib qoldi. 2010-yilning iyuliga kelib jahondagi 
sotali aloqa abonentlarining soni taxminan 5 milliard kishiga etdi, 
bu Yer yuzi aholisining salkam 70 foizini tashkil etdi [11]. Bugungi 
kunda 4G texnologiyalari haqida so‘z borganda, avvalo, sotali alo-
qa tizimlarining evolyutsiyasini ko‘zda tutamiz. Shu bois, mazkur 
qo‘llanmada asosiy e’tibor aynan shu mobil radioaloqa tizimlarining 
tahliliga qaratiladi, xususan, navbatdagi boblarda sotali aloqa tizim-
larining rivojlanish evolyutsiyasi, shuningdek, uchinchi avlod (3G) 
tizimlari haqida alohida ma’lumot taqdim etiladi. 
Mobil radioaloqa tizimlarini tashkil etishning sotali prinsipi tele-
fon ixtirochisi Aleksandr Grexem Bell 
(Alexander Graham Bell) 
tash-
kil etgan Bell Laboratories (AQSH) laboratoriyasi xodimlari Duglas 
Ring va Rey Yang tomonidan 1947-yilda ilgari surilgan [12]. Bu 
kabi aloqa tarmog‘i alohida tayanch stansiyalar (TS) – sotalarni xi-
zmat ko‘rsatish zonalaridan iborat bo‘lib, bu zonalarning kengligi 
esa tarmoq abonentlarining hududiy zichligiga bog‘liq bo‘lar edi. Bir 
TS foydalanadigan chastota kanallari ma’lum bir hududiy interval 
orasida shu tarmoqqa kiradigan boshqa BSlar tomonidan ham tak-
roriy foydalanilishi mumkin bo‘lishi kerak edi. Bunda turli hudud-
chalarda (sotalarda) o‘sha bir chastotani o‘zaro xalaqitlarsiz takroriy 
ishlatish imkoni paydo bo‘lar edi. Afsuski, bu g‘oya faqat 20 yildan 


34
keyin tan olindi va umumiy foydalanishdagi sotali aloqa tarmoqlarini 
joriy etish faqatgina o‘tgan asrning 70-yillari oxiridagina boshlandi. 
1978-yilda Chikago shahrida 2 ming abonentga mo‘ljallangan bi-
rinchi tajriba – sotali aloqa tizimining sinovlari bo‘lib o‘tdi. O‘sha yili 
Baxreynda Batelco telefon kompaniyasi birinchi simsiz telefon alo-
qasi tizimi ning tijorat xizmatini boshladi. Shuning uchun 1978-yilni 
sotali aloqa turini amaliy ishlatilishining boshlanish yili deb hisoblash 
mumkin. AMPS standarti asosidagi birinchi tijorat sotali aloqa tizimi 
yana Chikago shahrida 1983-yilning oktyabr oyida ishga tushirildi. 
NMT-450 standarti asosidagi birinchi tijorat tarmoqlari esa Saudiya 
Arabistonida 1981-yilning 1-sentyabrida va roppa-rosa 1 oydan ke-
yin Stokgolmda (Shvetsiya) faoliyat ko‘rsata boshladi. 
1989-yilda ETSI instituti doirasida tashkil etilgan maxsus mobil 
aloqa guruhi 
(ingl. Group Special for Mobile
– 
GSM)
tashabbusi 
bilan sotali aloqaning GSM nomli raqamli standarti ishlab chiqil-
di va u dastlab 900MGs diapazonida ishlash uchun mo‘ljallandi. 
GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda 
Germaniyada ishga tushirildi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin