Raqamli mobil aloqa


DMT va O‘YUCH diapazonlarida radiochastotalar



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   289
Raqamli mobil aloqa

22.4.DMT va O‘YUCH diapazonlarida radiochastotalar 
taqsimlanishi. Xizmat ko‘rsatish sifati tushunchasi
Aloqa tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish sifati QoS 
(ingl. Quality 
of Sevise)
deb nomlangan ko‘rsatkich orqali aniqlanadi. QoS alo-
qa tarmog‘ini taklif etiladigan aloqa xizmatlarining sifati haqida 
berilgan kelishuvga moslik darajasini aniqlaydi. Ko‘p holatlarda 
aloqa sifati to‘rt parametr orqali aniqlanadi:
• O‘tkazish polosasi
 (ingl. Bandwidth)
 
axborot uzatish 
tizimining nominal o‘tkazish qobiliyatini tavsiflaydi, bit/sek kbit/
sek va Mbit/sek larda o‘lchanadi;
• Paket jo‘natishda ushlanish
(ingl. Delay)
— ya’ni axborot pa-
ketini jo‘natuvchidan oluvchigacha yetib borish vaqtini aniqlaydi
millisekundlarda (ms) o‘lchanadi;
• Djitter 
(ingl-n Jitter)
— paket jo‘natishdagi ushlanish vaqti-
ning nostabilligi, millisekundlar yoki Gerslarda o‘lchanadi;
• Paketlar yo‘qolishi
(ingl. Packet loss)
uzatish vaqtida 
yo‘qolgan paketlar miqdorini aniqlaydi, uzatilgan paketlarning 
umumiy soniga nisbatan foizlarda o‘lchanadi.
Soddaroq qilib aytganda, aloqa kanalini quvur ko‘rinishida, 
uning o‘tkazish qobiliyatini esa quvurining kengligi va uzunligi 
sifatida tasavvur etish mumkin. Ma’lumot uzatish jarayoni mar-
shrutizatorlarda “shisha idish bo‘g‘zi” muammosi bilan to‘qnash-
gan holatlarda oddiy FIFO 
(ingl. First In — First Out —“birinchi 
kelgan – birinchi ketadi”)
usuli ishlatiladi. Ammo intensiv trafik 
sharoitlarida bu usul muammoni juda sodda hal qiladi: navbati 
kelmagan barcha paketlar marshrutizator tomonidan rad etiladi 
va so‘ngra butunlay yo‘qotiladi. 


330
22.1-jadval

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin