Raqamli mobil aloqa


Wi-Fi texnologiyasining ishlash prinsiplari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   289
Raqamli mobil aloqa

24.4. Wi-Fi texnologiyasining ishlash prinsiplari
Odatda, Wi-Fi tarmog‘ining tuzilmasi kamida bitta ulanish nuqtasi 
(UN) va kamida bitta abonent uskunasi – Wi-Fi adapterdan ibo-
rat bo‘ladi. Shuningdek, UN ishlatilmaganda ikkita adapterni “nuq-
ta-nuqta” rejimida ulash mumkin va bunda abonent uskunalari bir-bi-
ri bilan Wi-Fi-adapterlar orqali “to‘g‘ridan to‘g‘ri” ulanadi. Ulanish 


357
nuqtasi o‘z tarmoq identifikatorini 
(ingl. Service Set Identifier, SSID)
maxsus signalli paketlar yordamida har bir 100 ms da 0,1Mbit/sek 
tezlikda uzatadi (demak, Wi-Fi tizimlari uchun ma’lumot uzatish 
tez ligining eng kichik ko‘rsatkichi 0,1Mbit/sek hisoblanadi). Tarmoq 
SSIDsini bilgan adapter bu UN ga ulanish mumkinligini aniqlashi 
mumkin. Bir xil SSID li ikkita UN ning ta’sir etish zonasiga tushgan-
da adapter signal darajasiga asoslanib ulardan birini tanlashi mumkin. 
Wi-Fi standarti abonent uskunasiga UN bilan ulanish va “rouming” 
uchun mezonlarni tanlashda to‘la erkinlikni beradi.
24.5. Tarmoqning asosiy elementlari
Simsiz tarmoqni qurish uchun Wi-Fi adapterlar va ulanish 
nuqtalari ishlatiladi.
Adapter (24.4-rasm) PCI, PCMCIA, Compact Flash kengay-
tirish slotlari va USB 2.0 porti orqali ulanadigan uskuna hisobla-
nadi.Wi-Fi-adapter simli tarmoqdagi tarmoq kartasi (rus. сетевая 
карта) kabi funksiyalarni bajaradi, ya’ni foydalanuvchi kompyu-
terini simsiz tarmoqqa ulash uchun xizmat qiladi.
Intel ning Centrino platformasi tufayli barcha zamonaviy nout-
buklar ko‘plab Wi-Fi standartlari bilan moslasha oladigan adap-
terlar bilan jihozlangan. Wi-Fi adapterlari bilan hozirgi kunda 
barcha zamonaviy KPK (cho‘ntak personal kompyuterlari) va 
smartfonlar ham jihozlangan va bu ham o‘z o‘rnida texnologiyani 
ommaviy bo‘lishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin