359
Tarmoqqa ulanish efirga keng qamrovli signallarni uzatish yo‘li
bilan ta’minlanadi. Bunda Wi-Fi-adapter bir necha UNlar qamrov
zonasida bo‘lib, ulardan signallar olishi mumkin. Adapter olinadi-
gan signallarni filtrlash va ulardan o‘ziga tegishli UNni ajratishi
uchun xizmat ko‘rsatish zonasi identifikatori SSID
(ingl. Service
Set Identification)
dan foydalanadi. Xizmat ko‘rsatish guruhi
(ingl.
Service Set — SS)
deb simsiz tarmoqda ulanishni ta’minlaydigan
(odatda, Ad Hoc rejimida) mantiqiy guruhlantirilgan uskunalar
aytiladi. Tayanch xizmat ko‘rsatish guruhi deb
(ingl. Basic Ser-
vice Set, BSS)
UNlar orqali bir-birlari bilan bog‘langan abonent
stansiyalari to‘plami aytiladi. Bunda ikki rejim ajratiladi: bevosita
BSS va ESS
(ingl. Extended Servise Set)
. BSS rejimida barcha
tarmoq tugunlari faqat bitta UN orqali o‘zaro ulanishlari mum-
kin. Bunda UN, shuningdek, tashqi tarmoqlar bilan ko‘prik rolini
ham bajarishi mumkin. Kengaytirilgan — ESS rejimida esa simsiz
tarmoq bir necha BSS-tarmoqlar infratuzilmadan tashkil topgan
bo‘lib, UNlar bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishadi va bu bir BSS-
dan boshqasiga trafik uzatish imkoniyatini beradi. Bunda UNlarni
o‘zaro ulanishi kabel liniyalari yoki radioko‘priklar orqali amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: