Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. LTE texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlarni keltiring.
2. LTE tizimida ishonchlilikni ta’minlash uchun qanday pa-
ketlarni takroriy uzatish mexanizmlaridan foydalaniladi?
3. “Yuqoriga” va “pastga” yo‘nalishlarda aloqa uchun 2-dara-
janing tuzilmasini keltiring.
4. LTE tizimidagi mantiqiy kanallarni va ularning vazifalarini 
sanab o‘ting?
5. LTE tizimidagi transport kanallarni va ularning vazifalarini 
(qo‘llanishini) sanab o‘ting?
6. LTE tizimida mantiqiy kanallar transport kanallarga qanday 
taqsimlanadi?
7. Mobillik nuqtayi nazaridan abonent uskunasi qanday holat-
larda bo‘lishi mumkin?


363
25-bob. Wi-Fi VA WIMAX TARMOG‘INI TASHKIL 
ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
25.1. Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish
Hozirgi vaqtda Wi-Fi tarmoqlari dunyoda juda keng tarqalgan. 
Wi-Fi asosidagi xizmatlarga hozirgi kunda istalgan ommaviy joy-
da: o‘quv maskanlarida, kutubxona, kafe, aeroport va mehmon-
xonalarda ulanish mumkin. Lekin baribir bunday tarmoqlarning 
qamrov zonalari sotali tarmoqlarnikiga nisbatan epizodik (par-
cha-parcha) bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunga kelib dunyoda eng yirik va ahamiyatli Wi-Fi 
tarmoqlari safiga quyidagilarni kiritish mumkin:

2007-yilda Earthlink kompaniyasi (AQSH) Filadelfiya 
shahrini Internetga simsiz tarmoq asosida to‘liq ulagan va shu 
bilan uni Wi-Fi bilan qamrab olingan AQSHdagi birinchi shahar 
– megapolisga aylantirgan.

AQSH va Buyuk Britaniyada Starbucks restoranlar tarmog‘i 
uchun xot-spotlar ishlashini, shuningdek Germaniyada 7500 dan 
ortiq xot-spotlar ishini ta’minlagan T-Mobile kompaniyasi tar-
mog‘i.

Golden Telecom kompaniyasi tomonidan Moskvada yaratil-
gan dunyodagi eng katta shahar Wi-Fi tarmog‘i. Bu tarmoq, 
shuningdek, Yandeks – Wi-Fi loyihasini ishlatish uchun o‘z alo-
qa kanallarini taqdim etadi.

Fransiyadagi Ozone va Ozone Paris tarmoqlari. 2003-yilda 
Ozone kompaniyasi Parij shahrini to‘liq qamraydigan markaz-
lashtirilgan Wi-Fi tarmog‘ini yaratish maqsadida Ozone Paris tar-
mog‘ini qurishni boshlagan.
Hozirgi kunda ko‘plab guruhlar, jamoalar, shaharlar va, hatto, 
xususiy shaxslar umumiy “piring kelishuvidan” foydalangan hol-
da, tarmoqlar bir-biri bilan erkin ishlay olishi uchun ochiq Wi-Fi 
tarmoqlarini qurishmoqda. Ochiq Wi-Fi tarmoqlarini kengayti-
rish maqsadida ko‘plab shahar ma’muriyatlari mahalliy jamoalar 


364
bilan birlashmoqdalar. Ko‘pchilik guruhlar ko‘ngilli yordamlarga 
va homiylar ko‘maklariga to‘liq asoslangan holda Wi-Fi tarmoq-
larini qurishmoqda.
Uncha katta bo‘lmagan ba’zi davlatlar (masalan, Tonga qi-
rolligi va Estoniya) va shaharlar aholi yashash joylaridan Wi-Fi 
xot-spotlariga bog‘lanish orqali Internetga erkin ulanishni bar-
chaga taqdim etmoqda. Masalan, Parijda Ozone Paris Wi-Fi tar-
mog‘ini o‘rnatishda o‘zining uyini tomini foydalanishga bergan-
larga Internetga cheklanmagan ulanish taqdim etilmoqda.
Ko‘plab universitetlar o‘z talabalari, tashrif buyuruvchilar va 
universitet hududidagi barcha shaxslar uchun Wi-Fi tarmog‘i 
orqali Internetga erkin ulanishni ta’minlamoqda. Bunday tarmoq-
lar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va Toshkent 
temiryo‘l tranporti muhandislari institutida ham ishlab turibdi.
Shuningdek, erkin ulanishni faqat o‘z a’zolariga taqdim eta-
digan va a’zo bo‘lmaganlarga ulanishni to‘lov asosida beradigan 
jamoalar va tashkilotlar yaratgan boshqa toifadagi tarmoqlar ham 
ko‘pgina. Bunday variantga Finlandiyaning Sparknet tarmog‘i 
misol bo‘lishi mumkin. Sparknet tizimi foydalanuvchilar o‘z 
ulanish nuqtalarini tarmoqqa qo‘shib, bundan ma’lum bir foyda 
olish imkonini beradigan Open Sparknet loyihasini ham 
qo‘llab-quvvatlaydi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin