Raqamli mobil aloqa


WiMAX tarmog‘ini tashkil etishning



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   289
Raqamli mobil aloqa

25.1.1. WiMAX tarmog‘ini tashkil etishning
o‘ziga xos xususiyatlari
Aytib o‘tilganidek, IEEE802.16 standarti shahar va rayonlar 
masshtabidagi simsiz tarmoqlarda keng polosali aloqa tashkil qi-
lish mo‘ljallangan (WMAN). Standartning boshqa vazifasi lokal, 
hududiy va global tarmoqlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash 
hisoblanadi. Bu tarmoqlar shuningdek simsiz shaxsiy tarmoq-
lar bilan ham birgalikda ishlaydi va simli va simsiz tarmoqlar 
orasida protokollararo iyerarxik bog‘lanishni ta’minlovchi simsiz 
ko‘priklarni vujudga keltiradi.


365
Bu vazifalarni bajarish uchun WiMAX tarmog‘ini tashkil etish-
ning turli variantlari ko‘rib chiqilgan. Umumiy holatda WiMAX 
tarmog‘i topologiyasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (25.1-
rasm).
Ofis tarmoqlari
WiMAX tayanch 
stansiyasi
WiMAX tayanch 
stansiyasi
WiMAX tayanch 
stansiyasi
Avtomobil
yo‘llari
10–66 GGs
10–66 GGs
2–11 GGs
2–11 GGs
Tuman tarmoqlari
Uzoq joylashgan
qishloqlar
25.1-rasm.
 WiMAX tarmog‘i topologiyasi.
WiMAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish 
uchun 10–66MGs chastota diapazonidan foydalanish ko‘zda 
tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MGs 
chastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10 MGs kanal keng-
ligida ishlaydi. Bunda 
±
10
-6
chegarada chastota barqarorligini 
ta’minlash zarur. Tarmoq tayanch stansiyalari binolar tomlarida 
yoki machtalarda joylashtiriladi. Shuningdek, turli baland in-
shootlardan, simyog‘ochlardan va, hattoki, daraxtlardan tayanch 


366
stansiyalarni o‘rnatishda foydalanish mumkin. Biror hududdagi 
ko‘p sonli abonentlarga keng polosali simsiz ma’lumotlar uzatish 
xizmatini taqdim etish uchun WiMAX tayanch stansiyalari abo-
nent uskunalari bilan “nuqta-ko‘p nuqta” topologiyada aloqani 
amalga oshiradi (25.2-rasm).
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
Elektrmanba
25.2-rasm.
“Nuqta-ko‘p nuqta” rejimida WiMAX 
tarmog‘i topologiyasi.
Bu chizma bo‘yicha TS WiMAX abonenti uskunalari yordami-
da foydalanuvchilar bilan bog‘lanadilar, keyin signal Ethernet-ka-
bel standarti bo‘yicha yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri aniq kompyuterga, 
yoki IEEE 802.11 (Wi-Fi) ulanish nuqtasi orqali qabul qilinadi. 
Bu WiMAX orqali kabelli ulanishdan simsiz ulanishga o‘tishda 
mavjud hudud yoki ofis tizimidagi lokal tarmoqlarning infrastruk-
turasini saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari komp-
yuterlar ulanishi uchun standart texnologiyalardan foydalanuvchi 
tarmoqlarni yoyishni maksimal darajada kengaytirish imkonini 
beradi.
Uzoqlashtirilgan obyektlar orasida keng polosali simsiz aloqani 
tashkil qilish uchun “nuqta-nuqta” rejimidan foydalaniladi (25.3-
rasm).


367
25.3-rasm.
“Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX
tarmog‘ining topologiyasi.
“Nuqta-nuqta” rejimida turli tarmoq ko‘rinishlari va ularning 
kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 25.4-rasmda WiMAX tizimi 
uchun qo‘llaniluvchi turli ko‘rinishdagi tarmoq topologiyalari tas-
virlangan. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin