Raqamli mobil aloqa


WiMAX tizimi va “raqamli tengsizlik”



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   289
Raqamli mobil aloqa

26.3. WiMAX tizimi va “raqamli tengsizlik” 
(ingl. Digital Gap)
 muammosi
Axborotlarga ega bo‘lishlik jamiyatning kengroq iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishiga imkon yaratishi hech kimga sir emas. 
1984-yildan boshlab dunyo hamjamiyati rivojlanayotgan mam-
lakatlarda telekommunikatsiyalar infrotuzilmasi qoloq ligi ular-
ning iqtisodiy o‘sishi uchun to‘siq bo‘layatganligini ta’kidlay 
boshladi. 1996-yilda HTI BMT boshchiligida rivoj lanayotgan 
davlatlarda axborot va kommunikatsion texnologiyalar (AKT)
ning asosiy xizmatlariga umumiy ulanishni taqdim etishga 
va “axborot kambag‘alligi” ta’sirini qisqartirishga yo‘naltiril-
gan “Aloqaga huquq” 
(ingl. “The Right to Communicate“)
deb 
nomlangan loyihani olg‘a surdi. Ushbu maqsad hozirgi kun-
da axborot hamjamiyati masalalari bo‘yicha Butun dunyo sam-
miti – WSIS 
(ingl-n World Summit on the Information Society)


378
ning barcha rejalarini asosi bo‘lib qoldi. 2003-yilning dekabri-
da Jeneva shahrida o‘tkazilgan WSIS ning birinchi sammiti-
da “Raqamli tengsizlik” deb axborot va kommunikatsion tex-
nologiyalarga tengsiz ulanish imkoniyatlari nazarda tutildi. 
AKTga tengsiz ulanish deganda, birinchi navbatda davlatlar 
orasidagi farq (xalqaro raqamli tengsizlik), masalan, rivojlan-
gan va rivojlanayotgan mamlakatlar yoki hududlar orasidagi 
farq tushuniladi. Shuningdek tengsiz ulanish davlatlar miqyosi-
dagi (milliy raqamli tengsizlik) jarayon sifatida ham aniqlanadi 
va bunda qishloq va shahar orasidagi, oliy ma’lumotli va kam 
ma’lumotlilar orasidagi, aholining kambag‘al va boy qatlamlari 
orasidagi farq tushuniladi [40].
Provayderlar va Internetdan foydalanuvchilar soni yoki turg‘un 
va mobil telefonlar soni kabi oldindan aniqlangan mezonlar aso-
sida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, shuningdek, rivojlangan 
va rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi yillarda bo‘layotgan o‘zga-
rishlarning tahlili asosida bu masalaning hozirgi ahvoliga turli-
cha baholar berildi. Bir tarafdan, ham davlatlararo, ham dav-
latlar miqyosidagi “Raqamli tengsizlik” o‘sib bormoqda, degan 
fikrlar bo‘lsa, boshqa tarafdan, aksincha boy va kambag‘al dav-
latlar orasida “Raqamli tengsizlik” qisqarmoqda, degan fikrlar 
bo‘ldi. Turli xalqaro tashkilotlar (HTI yoki Jahon banki guruhi) 
e’lon qilgan rasmiy hisob-kitoblarga murojaat qilinsa ma’lum 
bo‘ladiki, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasida AKT-
ga ulanishdagi tengsizlik mavjud va hali ham jiddiy muammo 
bo‘lib turibdi. 
O‘zicha asosli bo‘lgan bunday qarama-qarshi fikrlarning mav-
judligiga qaramasdan, ulanish imkoni borligi va uning sifati, ya’ni 
aloqa infratuzilmasini yaratilishi har xil davlatlarda AKT ni tezkor 
va ishonchli rivojlanishiga asosiy omillar deb hisoblanadi. 2005 
-yilda HTI “Raqamli tengsizlik”ni qisqartirish uchun hamkorlikni 
rivojlantirish maqsadida WSIS doirasida global darajada ko‘plab 
tashkilotlar tomonidan birgalikda o‘tkaziladigan “Olamni ulaylik” 
(ingl. Connect the World)
deb nomlangan tashabbusni boshladi. 


379
Bu tashabbusning maqsadi hozirgi vaqtda hatto oddiy telefon alo-
qasiga ulanishga ham ega bo‘lmagan insonlarga AKT – xizmatla-
rini taqdim etishdan iboratdir. 
Shu munosabat bilan WiMAX forumi ming yillik rivojlanish 
maqsadlariga erishish uchun barcha talablarga javob beradigan 
yangi simsiz aloqa standartlarini qisqa vaqtda ishlab chiqishga 
kirishgan. Bu maqsadlar qatoriga “Taraqqiyot uchun global ham-
korlikni rivojlantirish” 
(ingl. Develop a Global Partnership for De-
velopment)
ham kiradi [41]. Ushbu maqsad har bir inson axborot-
lar va bilimlardan foydalanish, ularni yaratish, ularga ulanish va 
ular bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishi hisobiga jamoalar 
va xalqlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va ularning 
turmush darajasini oshirishga imkon beradi. Shu munosabat bilan 
WiMAX texnologiyasi 2015-yilga borib WSIS ning quyidagi vazi-
falarini bajarishga chaqirilgan:

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin