39
berdi. Keyingi qadam CDMA-2000 loyihasi bo‘ldi, u pirovard
natijada IMT-2000 tomonidan 3G tarmoqlariga qo‘yilgan talab-
larga javob berishi kerak edi. CDMA-2000 standartlari rivojla-
nishining uchta bosqichi ko‘zda tutilgan edi: 1X (2,75G dara-
jasida), 3X va SDMA-2000DS
(ingl. Direct Sequence
–
“to‘g‘ri
ketma-ketlik”
). So‘nggi bosqich texnik jihatdan W-CDMAga
o‘xshash bo‘lgani uchun bu yuzasidan ish olib borish to‘xtatil-
di. CDMA-2000 standartlari oilasi 3G darajasidagi tarmoqlar-
dan to Pre4G darajasidagi tarmoqlargacha oraliq bosqichlardan
o‘tib kelmoqda. Lekin hozirgi kunda 3,5G; 3,75G; 3,9G avlod-
lari haqida gap ketganida, bizning hududimizda ko‘proq 3GRR
(ya’ni, UMTS-HSPA-HSPA+ va LTE) texnologiyalarining
rivojlanish bosqichlari nazarda tutilmoqda. Shu bois bu yerda
aynan shu texnologiyalar yoritiladi (3.1-rasm) va CDMA-2000
standartlarining evolyutsion bosqichlari haqida uchinchi avlod
tarmoqlariga bag‘ishlangan bobda tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: