Raqamli mobil aloqa


WiMAX va Wi-Fi tizimlarini taqqoslash



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   289
Raqamli mobil aloqa

27.1.2. WiMAX va Wi-Fi tizimlarini taqqoslash
WiMAX va Wi-G‘i tizimlarining taqqoslanishi yangilik emas, 
shuning uchun atamalarning nomlanishi o‘xshash, bu texnologi-
yalar asoslangan standartlarning nomlanishi ham o‘xshash (IEEE 
standartlari, har ikkalasi 802 dan boshlanadi), shuningdek, ikkala 
texnologiyalar keng polosali simsiz ulanish turkumiga kiradi. Le-
kin shunga qaramasdan bu texnologiya turli masalalarni yechishga 
yo‘naltirilgan (27.1-jadvalga qarang).
WiMAX – bu odatda provayderga, oxirgi foydalanuvchiga Inter-
net tarmog‘iga “nuqta-nuqta” turi yordamida ulanishni ta’minlash 
uchun foydalaniladigan bo‘shliq masofalarni qamrab oladigan uzoq 
masofali ishlaydigan aloqa tizimidir. 802.16 oilasining turli stan-
dartlari, turg‘un to mobilgacha turli ulanish rejimlarini ta’minlaydi. 
Wi-G‘i – bu Internetga chiqish va Internetga chiqmasdan qis-
qa masofalarda lokal tarmoqni tashkil etish uchun foydalaniladi-
gan tizimdir.
 27.1-jadval
Keng polosali simsiz aloqa standartlarini taqqoslash jadvali
Tex-
nologiya
Standart
Sinfi
O‘tkazish 
qobiliyati
Qamrov 
hududi
Chastota 
diapazoni
Wi-G‘i
802.11 a
WLAN
54 Mbit/
sek
100 m
gacha
5 GGs
Wi-G‘i
802.11 b
WLAN
11 Mbit/
sek
100 m
gacha
2.4 GGs
Wi-G‘i
802.11 g
WLAN 
54 Mbit/
sek
100 m
gacha
2.4 GGs
WiMAX
802.16 d
WMAN
73 Mbit/
sek
6–10 km
1.5–11 
GGs
WiMAX
802.16 c
Mobil 
WMAN
30 
Mbit/sek
1–5 km
2–6 GGs


385
WiMAX va Wi-Fi tizimlari umuman turli QoS xizmat ko‘rsatish 
mexanizmlariga ega, WiMAX tizimi tayanch stansiya va abo-
nent uskunasi orasidagi har bir bog‘lanishga yagona QoS dara-
jasini o‘rnatishga asoslangan mexanizmdan foydalanadi. WiMAX 
tizimi da har bir bog‘lanish uchun yuqori QoS darajasini kafolat-
laydigan maxsus rejalashtirish algoritmiga asoslaniladi. Wi-Fi o‘z 
navbatida har bir paket turli QoS darajasini oladigan Ethernet tar-
moqlarida ishlatiladigan QoS mexanizmidan foydalanadi. Shun-
day qilib, Wi-Fi tizimida har bir bog‘lanish uchun bir xil QoS 
darajasi kafolatlanmaydi. Nisbatan past narxi va o‘rnatishda sod-
daligi tufayli Wi-Fi tizimlari mijozlarga Internetga tez ulanish ni 
taqdim etish uchun ishlatiladi, masalan, ko‘plab ka felarda, mex-
monxonalarda, vokzallar va aeroportlarda bepul Wi-Fi ulanish 
nuqtalarini uchratish mumkin.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin