Raqamli mobil aloqa


WiMAX standartlari (IEEE 802.16)



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   289
Raqamli mobil aloqa

27.2. WiMAX standartlari (IEEE 802.16).
WiMAX standartlarining qisqacha rivojlanish tarixi
IEEE 802.16 standartlarini ishlab chiqish ustida asosiy ishlar 
2001-yilda boshlandi. Shu yilning iyunida 802.16 oilasidagi stan-
dartlar asosida jihozlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalarni 
ishlab chiqish uchun sohaviy konsorsium – “WiMAX Forumi” 
ga asos solindi. 2001-yilning dekabridayoq yangi keng polosali 
simsiz aloqa tizimi IEEE 802.16-2001 standarti paydo bo‘ldi [43].
Standart shahar — “megapolis” ko‘lamida 
(ingl. Metropolitan 
Area Network, MAN)
statsionar simsiz tarmoqlarni tavsifladi va 
shu sababli standartning dastlabki nomi Wireless MAN (WiMAN) 
bo‘ldi. 
Yangi standartning topologiyasi faqat “nuqta-ko‘p nuqta” reji-
mini taqdim etdi, fizik darajada esa bir eltuvchi chastotadan foy-
dalanish ko‘zda tutildi 
(ingl. Single-Carrier, SC)
. Shuning uchun 
protokolning nomlanishiga SC ni qo‘shiladigan bo‘ldi (Wireless 
MAN-SC). Ishchi chastotalar sifatida 10GGs dan 66GGs gacha 
diapazondan foydalanish va standart faqat to‘g‘ri ko‘rinish (LOS) 


386
sharoitlarida ishlashi ko‘zda tutildi. Natijada, bu ilk 802.16-2001 
standarti uskunalari keng tarqala olmaganiga sabab bo‘ldi. Yana 
bir sabab yuqori chastotalarda ishlaydigan apparatura bazasi 
kam ligi bo‘ldi. Bu omillarni hisobga olib 2003-yilning yanvarida 
yangi 2GGs dan 11GGs gacha chastota diapazonidan foydala-
nish ko‘zda tutilgan. Shu bois IEEE 802.16a-2003 kengaytirilgan 
standarti qabul qilindi. Mazkur standart ham megapolis ko‘lami-
da statsionar simsiz tarmoqlarni yaratishga yo‘naltirilgan edi. U 
“so‘nggi milya” muammosini an’anaviy kabelli modemlar, xDSL 
va T1/E1 kanallar orqali ulanishning alternativ keng polosali 
yechimi bo‘ldi. Bundan tashqari, IEEE 802.16a tarmoqlari Wi-
Fi 802.11 b/g/a standartlarining ulanish nuqtalarini Internetga 
ulash uchun qo‘shimcha texnologiya sifatida foydalanish uchun 
rejalashtirildi. Lekin “16a” standartining zaif joyi bino ichida yo-
mon aloqa sifati bo‘lib qoldi.
IEEE 802.16a standartining mantiqiy davomi IEEE 802.16d 
standarti bo‘ldi. U bino ichida turg‘un ulanish imkoniyatini 
ko‘zda tutdi. Tamomila IEEE 802.16d standarti 2004-yilning 
iyulida qabul qilindi va “IEEE 802.16-2004” nomini oldi. “D” 
versiyasining paydo bo‘lishi bilan IEEE 802.16a va IEEE 802.16d 
standartlarining alohida rivojlanishi zaruriyati qolmadi, chunki 
IEEE 802.16d standartining yakuniy versiyasi oldingi standart-
larning barcha imkoniyatlarini qamrab olgan edi. Lekin stan-
dartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar to‘xtab qolmadi, chunki 
bosh maqsad, ya’ni KSU tizimlarida mobillikni ta’minlash hali 
erishilmagan edi. 2005-yilning dekabrida IEEE 802.16e (shu-
ningdek “IEEE 802.16e-2005” deb nomlanadi), ko‘proq “mobil 
WiMAX” sifatida ma’lum bo‘lgan standart qabul qilindi. Shu 
yilning o‘zida Setekom (Ispaniya) kompaniyasi qoshida WiMAX 
jihozlarini sertifikatlashtirish uchun mo‘ljallangan birinchi labo-
ratoriya ochildi.
Ta’kidlash kerakki, Yevropaning ETSI instituti qoshidagi 
BRAN 
(ingl. Broadband Radio Access Networks)
texnik qo‘mitasi-
ning parallel ishlanmasi – “HiperMAN” standarti ham 2005-yilda 


387
yaratildi [44]. Standart 2GGs — 11GGs chastotalar diapazonidan 
foydalanishga, Yevropa davlatlarida ishlatishga va foydalanuvchi-
larga turg‘un va ko‘chma ish rejimlarida keng hududda Internetga 
keng polosali simsiz ulanishni taqdim etish uchun mo‘ljallangan 
edi. Shunday qilib, HiperMAN WiMAX tizimlariga (yoki IEEE 
802.16 standartlariga), shuningdek, Koreyaning ishlanmasi – Wi-
Bro tizimiga (u haqda quyida batafsilroq keltirilgan) nisbatan al-
ternativ standart hisoblanadi. Shunga qaramay, HiperMAN stan-
darti IEEE 802.16 ishchi guruhi bilan uzviy hamkorlikda ishlab 
chiqildi va shuning uchun HiperMAN va IEEE 802.16a-2003 
standartlari orasida “uzluksiz rouming” qo‘llab-quvvatlanadi. 
Shuningdek, HiperMAN va IEEE 802.16 ning yangi standart-
lari orasida o‘zaro ishlashni ta’minlash bo‘yicha ishlar olib boril-
moqda [45].
2006-yil IEEE 802.16 standarti asosidagi jihozlarni birinchi na-
munalarining paydo bo‘lishi bilan tarixga kirdi, va bu bilan “turg‘un 
WiMAX”ni faol joriy etilishi boshlandi. WiMAXning turg‘un va 
mobil versiyalari o‘zaro moslashmaydigan bo‘lib qolgani, ya’ni 
ular raqobatchiga aylangani sababli “turg‘un WiMAX” jihozlarini 
ishlab chiqaruvchilari va operatorlarining strategik vazifasi bo‘lib 
“mobil WiMAX” mahsulotlari paydo bo‘lgunicha KSU tizimlari 
bozorini tezroq va kengroq o‘zlashtirish bo‘lib qoldi. 
Shuni ham yodlab o‘tish lozimki, 2006-yilning o‘zidayoq Ko-
reyada birinchi WiBro tarmoqlari ishga tushirildi va bu Janu-
biy Koreya telekommunikatsion va AT sanoatining yetakchilari 
bo‘lmish Samsung, LG, Korean Telecom va South Korea Tele-
com kompaniyalarining davlat qatnashuvidagi ko‘p yillik faol 
mehnatlarining natijasi bo‘ldi [46]. WiBro tizimi ham o‘ziga xos 
tarixga ega. 2002-yil fevralida Janubiy Koreya aloqa ma’muriyati 
(regulyatori) WiBro tizimini rivojlantirish uchun 2,3—2,4GGs 
diapazonda 100 MGs radiochastota polosasini ajratdi. 2004-yil-
ning oxirida WiBro birinchi fazasi davlat standartlashtirilishidan 
o‘tdi va 2005-yilning oxirida HTI WiBro texnologiyasini IEEE 
802.16e standarti sifatida tan oldi. Nihoyat, 2006-yilning iyuni-


388
da ikki operator — Korean Telecom va South Korean Telecom, 
WiBro tarmoqlarini tijoriy ishga tushirdi. Shunday qilib, Wi-
Bro asosida IEEE 802.16e (“mobil WiMAX”) standartiga mos 
keladigan KSU texnologiyasini tushunish zarur. WiBro tizimi 
8.75MGs polosali OFDMA radio ulanish texnologiyasidan va 
TDD dupleksidan foydalanadi. Abonent uskunalari tayanch 
stansiya bilan 1km dan 5km gacha masofalarda 30—50Mbit/sek 
ma’lumotlarni uzatish tezliklarida bog‘lanishlari mumkin. Tar-
moq 120km/soat tezlikda harakat qilayotgan abonentlar bilan 
aloqa o‘rnatish qobiliyatiga ega. 
Bu jarayonda “mobil WiMAX” ishlab chiqaruvchilari ham 
orqada qolmadi. 2007-yilda IEEE 802.16e standarti asosidagi bi-
rinchi jihozlarni sertifikatlash muvaffaqiyatli o‘tdi va WiMAX bo-
zorida ikki raqobat qiluvchi lagerlar, ya’ni standartning turg‘un va 
mobil versiyalari tarafdorlari paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan 
WiMAX standartining bu versiyalarini atroflicha ko‘rib chiqish va 
ularning xarakteristikalarini taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin