Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   289
Raqamli mobil aloqa

(ingl. Scalable – OFDMA) 
usulini ishlatib fizik darajada takomillashtirish kiritilgan. IEEE 
802.16e standarti doirasida qo‘llanilgan OFDMA texnologiyasi-
ning afzalliklaridan biri shundaki kanalning kengligi o‘zgaruvchan 
bo‘ladi, shu bilan birga kanalning kengligi va OFDM simvollar-
ni diskretlash chastotasi orasidagi munosabati o‘zgarmas qoladi. 
FTT massivlarining bir necha: 128, 512, 1024 va 2048 o‘lchamlari 
ko‘zda tutilgan va bu turli radiokanal kengliklarini (5MGs; 7MGs; 
8,75MGs; 10MGs, 20MGs) ishlatishga imkon beradi. Bundan 
tashqari IEEE 802.16e standartidagi OFDMA texnologiyasi aloqa 
uzoqligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha har xil talablarni qondirish 
maqsadida tarmoqning ishchi xarakteristikalarini optimallash-
tirish uchun subkanallarni tashkil etilishini bir necha usullarini 
ishlatishga imkoniyat beradi. Fizik darajada OFDM-simvollar va 
nimeltuvchilar chastotaviy rejalashtirish yordamida alohida man-
tiqiy va fizik subkanallarga ajratiladi. Chastotaviy rejalashtirish 
chastota-taqsimlash yoki chastota-ajratish asoslarida amalga oshi-
rilishi mumkin. 
Chastota-taqsimlash usuli har bir subkanalga mo‘ljallangan 
nimeltuvchilarni psevdo-tasodifiy holda mavjud subkanallar 
orasida taqsimlaydigan usulni ko‘zda tutadi. Bu usul chastota-
lar xilma-xilligi hisobiga turli aloqa sharoitlarida kanal resursidan 
optimal foydalanishga imkon beradi, shuningdek, tayanch stansi-
yaning qamrov hududini kengaytirishni va tarmoqning sig‘imini 
oshirishni ta’minlaydi. 
Chastota-ajratish usuli adaptiv modulyatsiya va kodlash 
(ingl. 
AMS)
rejimida qo‘llab-quvvatlanadi va bevosita bir-birlari bilan 
yaqin joylashgan (yoki, qo‘shni) nimeltuvchilarning qo‘llanilishi 
orqali subkanallarni tashkil etishga imkon beradi. Bu usul tar-
moqning sig‘imini 30% gacha oshirishiga olib kelishi mumkin. 
Usulning kamchiligi bu xizmat ma’lumotlari hajmini ortishidir.


394
OFDM texnologiyasi (IEEE 802.16d standarti) abonentlar 
orasida kanal resurslarini taqsimlashda kamroq erkinlikka ega, 
chunki unda bir simvolni faqat bir abonentga taqsimlash mum-
kin. OFDMA texnologiyasi esa katta erkinlikka ega va chasto-
ta resurslarni bir simvol uzunligida bir necha abonentlar orasida 
taqsimlashga imkoniyat beradi. Shunday qilib, kanalni kengayti-
rish imkoniyati va subkanallarini turlicha tashkil etish usullaridan 
foydalanish hisobiga IEEE 802.16e standartidagi OFDMA fizik 
interfeysi IEEE 802.16d standartidagi OFDM ga nisbatan sezilarli 
afzallliklirga ega.
Har ikkala standartlarda radiointerfeysni tashkil etishga turli ta-
lablar qo‘yilgan va IEEE 802.16e standartida bu talablar qo‘shim-
cha kengaytirilgan edi va ishlab chiqaruvchilarga tarmoq sig‘imini, 
aloqa uzoqligini, terminallarning energiya iste’molini va xizmat 
ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, IP protokoli aso-
sida ishlaydigan multimediali va boshqa xizmatlarni qo‘llab-quv-
vatlash imkoniyatlari tavsiya etilgan edi. IEEE 802.16d va IEEE 
802.16e standartlari aloqaning ishonchliligini oshirishga qaratilgan 
xatolarni oldindan tuzatish 
(ingl. FEC) 
bo‘yicha turli algoritmlarni 
qo‘llab-quvvatlaydi. Oddiy o‘ramli kodlardan va ARQ mexanizmi-
dan foydalanish majburiy deb, qo‘shimcha vositalar sifatida esa 
o‘ramli turbokod va HARQ — gibrid aks aloqa kabi samarador 
usullar qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Biroq, bu yuqori samarador 
xato tuzatish vositalari IEEE 802.16d standartining birinchi avlod 
jihozlarida ishlatilishini ehtimoli kam. IEEE 802.16e standartida 
esa birinchi mahsulotlardayoq LDPC 
(ingl. Low Density Parity 
Check)
kamzichlik juftlikka tekshirish va STS kabi takomillashgan 
kodlash usullari qo‘llaniladi.
Tarmoqning qamrov hududini oshirishga qaratilgan qo‘shim-
cha yechimlar ikkala standartda ham ko‘zda tutilgan. Bular orasi-
da antennalarni fazoviy-vaqtli kodlash 
(ingl. STS)
asosida fazoviy 
yoyish usuli qo‘llaniladigan MIMO texnologiyasi bordir. Bu cho-
ralar IEEE 802.16e standartida yanada rivoj topdi, bunda anten-
nalarni yoyish usullariga va adaptiv antennalarni ishlatishga katta 


395
e’tibor qaratildi. TS uzatkichlarida ko‘p antennali konfiguratsi-
yalarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, takomillashtirilgan an-
tenna nimtizimi rejimi AAS, teskari aloqasiz fazoviy-vaqtli kod-
lash rejimlari (2–4 uzatuvchi antennalar uchun va teskari aloqali 
MIMO rejimlari) ishlatilgan.
IEEE 802.16e standartida elektr energiyasini tejashni va AQ 
ni avtonom uzoqroq ishlash vaqtini ta’minlaydigan energiya 
iste’molini boshqarishning qator funksiyalari (“uyqu” va “ku-
tish” rejimlari) tavsiflanadi. AQning mobillik qismiga IEEE 
802.16e standartiga kiritilgan yangi qo‘shimchalar hatto yuqori 
tezliklarda harakatlanganda ham jihoz ishlashi sifatini keyingi 
oshirilishiga olib keladi. Bunga yaxshilangan “xendover” jara-
yoni, qo‘shni sotalar signallari parametrlarini nazorat qilish 
shuningdek “uxlash” rejimida mobillikni qo‘llab-quvvatlash hi-
sobiga erishiladi, bu abonent uskunasining energiya iste’moli-
ning kamayishini ta’minlaydi.
IEEE 802.16e standartida real vaqtda kanalni ilg‘or taqdim eti-
lishining takomillashtirilgan algoritmi
 (ingl. Extended Real Time Polling 
Service, ERTPS)
kiritilmoqda. Bu algoritmdan foydalanish aniqlikning 
ushlanishi va uning notekisligi (djitter) ko‘rsatkichlarini yaxshilash im-
koniyatini beradi. Shu sababli IEEE 802.16e standarti tizimi trafikni 
uzatish tizimini va boshqa uning parametrlarini samarali boshqarishga 
qodir. QoS ta’minlash vositalaridan foydalanish, ayniqsa, IP protokoli 
bo‘yicha (VoIP) nutq uzatilgan holda muhimdir.
Shuningdek, IEEE 802.16e standarti guruhli (ko‘p manzilli) va 
keng uzatishli uzatish imkoniyatini ko‘zda tutadi. OFDMAdan 
foydalanish hatto sotalar chegaralarida ham ma’lumotlarini yuqori 
uzatish tezligida guruhli va keng uzatishli uzatish imkoniyati mul-
timedia tizimlariga (videoni paketli uzatish qo‘llaniladigan, masa-
lan IP–TV, IP protokoli bo‘yicha katta trafik hajmi bilan xarak-
terlanadigan) o‘tkazish polosasidan foydalanishni va kontentning 
yetkazilishini sezilarli optimallashtirishga imkon beradi.
Va nihoyat, u yoki bu standartning mahsulotlari narxlarining 
o‘zgarishlariga taxminlarda farqlar mavjud. KSU tizimlari bozori 


396
o‘sishda davom etmoqda va shuning uchun ularning narxi om-
maviy joriy etilishi va ishlab chiqarish ko‘lamlari hisobiga iqtisod 
qilish natijasida kelajakda kamayishi kerak. AKT induksiyasida-
gi tajribalarning ko‘rsatishicha, portativ va mobil uskunalarning 
tarqalishi ko‘pincha ham abonent, ham infratuzilma jihozlari-
ni ishlab chiqarish hajmlarini tez o‘sishiga olib keladi. Shuning 
uchun IEEE 802.16e standarti mobil uskunalarining rivojlanishi 
IEEE 802.16d standartidagiga qaraganda arzon bo‘lishiga imkon 
beradi. Shu bilan birga yirik chipsetlar ishlab chiqaruvchilari (In-
tel, FUJITSU kabi) rasman bildirishdiki, IEEE 802.16e standarti 
WiMAX tizimlarining asosiy standarti bo‘lib qoladi. Lekin agar 
“turg‘un WiMAX” ham afzalliklari keltirilmasa taqqoslash to‘liq 
bo‘lmaydi. Bu avvalo foydalaniladigan signalni modulyatsiyalash 
va kodlash turlari hisobiga yuqori o‘tkazish qobilyati hisoblanadi. 
Bu o‘tkazish polosasiga qat’iy talablarni qo‘yadigan va turg‘un 
modemni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan korporativ foyda-
lanuvchilar uchun muhim. “turg‘un WiMAX” uchun standart-
ning avvalroq paydo bo‘lishi hisobiga tayyor jihozlarni yetkazib 
beruvchilarning katta tanlash mavjud va bu jihozlar endi o‘zaro 
moslashishga testlangan va WiMAX Forumi sertifikatlari bilan 
tasdiqlangan.
IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarini ko‘rib chi-
qishni yakunlash bilan 27.2-jadvalga kiritilgan bu standartlarning 
xarakteristikalarini umumlashtirilgan taqqoslashni, shuningdek 
27.3-jadvalda bu standartlar taqdim etiladigan xizmatlar klassi-
fikatsiyasini keltiramiz.
27.2-jadval

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin