404
qarisida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Bino ichida foydalanishga
mo‘ljallangan AQlar tashqi uskunalarga qaraganda TSdan sezilarli
kichik masofalarda ishlashga qodir va shuning uchun tarmoq in-
fratuzilmasida ko‘p sonli TSlardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
“Mobil WiMAX” paydo bo‘lishi bilan yo‘nalish (urg‘u)
mobil
smartfonlar, USB modullar va PC kartalar ko‘rinishida mobil
AQlarni ishlab chiqarishga qaratiladi.
ASN ruxsat olishni taqdim etish tarmog‘i
ASN tuguni kommutatsiya darajasi va ulanishni taqdim etish
darajasini mantiqiy chegarasini aniqlaydi va ulanishni taqdim
etishga javob beradigan funksional tugunlar orasida o‘zaro ta’sir-
lashish va xabarlarni almashtirishning qulay usulini taklif qiladi.
ASN bir yoki bir necha mijozlar bilan bir yoki bir necha TSlar-
dan iborat. ASN mijozlar CSN kommutatsiya tarmog‘i bilan u
orqali boshqa transport IP tarmoqlar bilan aloqani ta’minlaydi.
Faktik bu tugun IEEE 802.16 radio ulanish tarmog‘ini
tashqi IP
tarmoqlar bilan bog‘laydi. NRM modelida o‘rnatilishlarga muofiq
ASN tarmoqlari chegaralarida funksional va mantiqiy kommutat-
siya turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Xususan ASN —
shlyuz bir necha TS lar ishini boshqarishi mumkin, lekin har bir
TS
ham bir emas, bir necha ASN-shlyuzlarga bog‘langan bo‘lishi
mumkin.
Bundan tashqari, TS ham, ASN shlyuzlar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri
bir-birlariga bog‘langan bo‘lishi mumkin. WiMAX Forumi ishlab
chiqaruvchilar jihozlarning xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlash va ular-
ni o‘zaro ta’sirlashish imkoniyatlarini hisobga olganda tarmoqning
spetsifikatsiyasini aniqlaydi. ASN tuzilmasi 28.2-rasmda keltirilgan.
ASN tuguni AQlari bilan ulanish uchun R1
tayanch nuqta-
sidan, CSN tugun bilan ulanish uchun R3 tayanch nuqtasidan,
boshqa ASN tugunlar bilan ulanish uchun R4 tayanch nuqtasidan
foydalanadi. Bevosita ASN tuguni TS lar va ularga ulangan ASN
shlyuzlardan iborat (28.2-rasm).
405
ASN tuguni elementlarining o‘zaro ta’sirlashishi R6, R7 va R8
maxsus interfeyslarini tayanch nuqtalari sifatida ishlatishi hisobiga
amalga oshiriladi. Agar ASN tuguni bir necha ASN shlyuzlar-
ni
ishlatgan holda, unda boshqarish signallarini almashtirish R4
tayanch nuqtasi orqali amalga oshiriladi. TS IEEE spetsifikat-
siyalarida aniqlangan parametrlar bo‘yicha mos hisoblanadigan
abonent uskunalariga va Internetga simsiz ulanishni ta’minlaydi.
TS AU va Internet tarmog‘i orasida IP trafikni WiMAX standarti
radiointerfeys orqali marshrutlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: