Raqamli mobil aloqa


-rasm. IP asosidagi WiMAXWiMAX tarmog‘i arxitekturasi. Nazorat savollari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   289
Raqamli mobil aloqa

28.6-rasm.
IP asosidagi WiMAXWiMAX tarmog‘i arxitekturasi.
Nazorat savollari:
1. Simsiz aloqa tizimlarining qisqacha rivojlanish tarixini bayon 
eting.
2. Raqamli va analog, tor polosali va keng polosali texnologi-
yalar qanday farqlanadi?
3. Aloqaning uzoqligi bo‘yicha simsiz aloqa tizimlarini sinflarga 
bo‘ling.
4. Wi-Fi tizimlarida xavfsizlik qanday ta’minlanadi?
5. Dunyodagi Wi-Fi tijoriy tarmoqlariga misollar keltiring.
6. Wi-Fi notijoriy tarmoqlari qanday prinsiplar asosida 
quriladi?


413
29-bob. WiMAX IEEE 802.16 STANDARTI TARMOG‘I FIZIK 
DARAJASINING TAVSIFI VA WiMAX WIRELESSMAN-SC 
REJIMIDAGI FIZIK KANALDA KADRNING TUZILMASI
29.1. WiMAX IEEE 802.16 standarti tarmog‘i
fizik darajasining tavsifi
Avval ta’kidlaganimizdek, IEEE 802.16 standarti WiMAX-
WiMAX tarmoqlari uchun fizik va MAS darajalarni tavsiflaydi. 
Bu sathlarda radiointerfeyslar texnologiyalari, kanallarga ula-
nish va modulyatsiya usullari, oqimlarni bajarish tizimlari, uza-
tiladigan axborotlar tuzilmasi, yuqori darajalar ma’lumotlarni 
uzatish protokollarini (avvalo ATM va IR) WiMAXWiMAX 
tarmoqlarining pastki (fizik) darajalari protokollari uyg‘un-
lashtirish mexanizmlari aniqlanadi. IEEE 802.16 standarti 
29.1-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, faqat bitta eltuvchidan foydala-
nadigan WirelessMAN-SC 
(ingl. Wireless Metropolitan Area Net-
work-Single Carrier) 
rejimi 10-66GGs diapazonda ishlash uchun 
mo‘ljallangan va 25MGs kanal kengligida va 120Mbit/sek ma’lu-
motlarni uzatish tezlikli to‘g‘ri ko‘rinish sohasida ishlaydigan ma-
gistral tarmoqlarga yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan). Qolgan rejimlar 
11GGs dan past diapazonlar uchun ishlab chiqilgan. Wireless-
MAN-SCa bu WirelessMAN-SC rejimining “past chastotali” 
versiyasidir (qator qo‘shimcha mexanizmli, xususan, 256-QAM 
kvadraturali-amplitudaviy modulyatsiyaga ruxsat etiladi.
WirelessHUMAN 
(ingl. High Spead Unlicensed Metropolitan 
Area Network)
rejimi litsenziyasiz diapazonlarda ishlash uchun 
mo‘ljallangan (bunday diapazonlar AQSHda va qator Yevropa 
davlatlarida ko‘zda tutilgan). WirelessHUMAN rejimining o‘zi-
ga xos xususiyatlari faqat TDD, DFS 
(ingl. Dynamic Frequen-
cy Selection)
chastotalarni dinamik taqsimlash funksiyasidan va 
chastota kanallarini nashrlashtirish mexanizmidan foydalanish 
hisoblanadi.


414
29.1-jadval

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin