41
rida “Takomillashtirilgan HSPA” yoki
HSPA+
(ingl. Evolved
High-Speed Packet Access)
, deb nomlangan versiya ishlab chiqil-
di. Bu texnologiya HSPA standartining keyingi bosqichi hisobla-
nadi va unga MIMO antenna texnologiyalari
bilan bir qatorda,
murakkabroq 64-QAM modulyatsiya sxemalari qo‘shilgan. Shu
bois HSPA+ tarmoqlarida nazariy jihatdan “pastga” yo‘nalishda
56Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 22Mbit/sek gacha
bo‘lgan tezliklarga erishish mumkin bo‘ldi. Ushbu texnologiya
ma’lumot uzatish tezligini 168Mbit/sek
gacha oshirish potensial
imkoniyatiga egaligi taxmin qilinmoqda. Texnologiyada bir necha
eltuvchi chastotalarda (har biri 5MGs dan) bir vaqtda uzatish va
qabul qilish prinsipi
ham ishlatilishi mumkin, bu narsa tezlikni bir
necha marta oshirib berishi mumkin.
Opsional ravishda HSPA+ tarmoqlari to‘liq IP-arxitekturasi
asosida
(ingl. all-IP-architecture)
qurilishi mumkin, bu BSlarni
IP-protokollar asosida qurilgan magistral liniyalarga to‘g‘ridan
to‘g‘ri ulash imkoniyatini beradi. HSPA+
texnologiyasida AUlar
akkumulyatorlari tejamliroq ishlatiladi va ularning “kutish” reji-
midan “faol” rejimiga o‘tish vaqti sezilarli qisqaradi.
HSPA+ texnologiyasi 3GRR loyihasi standartlarining 7- va 8-
bosqichlari (relizlari)ga
(ingl. 3GRR Rel. 7 & 8)
kiradi.
HSPA+ texnologiyasi asosidagi birinchi tarmoq 2008-yilda
Avstraliyaning Telstra kompaniyasi tomonidan Ericsson (Shvetsi-
ya) uskunalari yordamida ishga tushirildi. 2011-yilning may oyida
jahonning 65 davlatida 123 ta HSPA+ tarmoqlari bor edi.
Dostları ilə paylaş: